JPEG sozlamalari uchun qo‘shimcha menyu parametrlari
JPEG sozlamalari uchun qo‘shimcha menyu parametrlari
Yakunlash
Tartib bo‘yicha solishtirilgan va to‘plamlarga ajratilgan ko‘p sahifali hujjatlarni chop qilish uchun Taxlash (sahifa tartibi)-ni tanlang. Bitta raqamli sahifalarni guruh sifatida olish orqali ko‘p sahifali hujjatlarni chop qilish uchun Guruhlash (bir xil sahifalar)-ni tanlang.
Sana
Surat olingan yoki saqlangan sanasining formatini tanlang. Ayrim sxemalarda sana chop etilmaydi.
Rasmni tuzatish
Suratning yorqinligi, kontrasti va to‘yinganligini avtomatik ravishda yaxshilash uchun shu rejimni tanlang. Avtomatik yaxshilashni o‘chirib qo‘yish uchun Yaxshilashni o‘chirish bandini tanlang.
Qizargan ko‘zni yo‘qotish
Suratlardagi qizil ko‘zni avtomatik ravishda tuzatish uchun Yoniq qilib qo‘ying. Tuzatishlar asl faylga emas, balki chop qilishlarga qo‘llaniladi. Fotosurat turiga bog‘liq ravishda tasvirning ko‘zdan boshqa qismlari tuzatilishi mumkin.
Faylni saqlash
Chop qilish ma’lumotlarini saqlash qurilmasiga saqlashingiz mumkin.
Sozlama:
Chop qilish ma’lumotlarini faqat saqlash qurilmasiga saqlash yoki saqlamaslikni tanlang.
Jild (majburiy):
Chop qilish ma’lumotlarini saqlash uchun jild tanlang.