Quyida bayon qilingani kabi boshqaruv panelidagi menyularni tanlang.
Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Printer sozlamalari
Printer sozlamalari
Qog'oz manbasi sozlamalari
Qog‘oz
Solingan qog‘oz o‘lchami va turini ko‘rsatish uchun qog‘oz manbasini tanlang. Qo‘goz o‘lchamini avto-aniqlash yoqilgan bo‘lsa, printer solingan qog‘oz o‘lchamini aniqlaydi.
Qog‘oz lotogi ustuvorligi
Printer avval qog‘oz uzatish lotokidagi qog‘ozga chiqarishi uchun Yoniq ni tanlang.
A4/Letter avtomatik almashtirish
Letter sifatida belgilangan qog‘oz manbasi yo‘q bo‘lganida A4 o‘lchamdagi qog‘oz manbasidan qog‘oz uzatishi yoki A4 sifatida belgilangan qog‘oz manbasi yo‘q bo‘lganida Letter o‘lchamidagi qog‘oz manbasidan uzatishi uchun Yoniq qilib qo‘ying.
Avto tanlash sozlamalari
Agar Qog‘oz > Avtomatik ni yoqsangiz, qogʻoz tugagach, joriy chop qilish ishi sozlamalarida belgilangan sozlamalar bilan bir xil qogʻoz sozlamalaridagi qogʻoz manbasidan avtomatik uzatiladi. Bu menyuda siz nusxa olish, faks yoki boshqalardagi har bir funksiya uchun qogʻoz manbasini avtomatik tanlashni sozlashingiz mumkin. Hammasini faolsizlantira olmaysiz.
Chop etish vazifalari uchun qogʻoz sozlamalarida muayyan qog‘oz manbasini tanlaganingizda, bu sozlama faolsizlantiriladi. Printer drayveridagi Asosiy sahifasida belgilangan qog‘oz turiga qarab, qog‘oz avtomatik uzatilmasligi ham mumkin.
Qog‘oz tugaganida qog‘ozni boshqa qog‘oz manbasidan avtomatik tarzda uzatish uchun buni yoqing. Bu xotira qurilmasidan nusxa ko‘chirishda yoki chop qilishda qo‘llaniladi. Qog‘oz Avto tanlash sozlamalari da tanlangan yoki ko‘rsatilgan qog‘oz manbasidan boshqa qog‘oz sozlamalariga ega bo‘lgan qog‘oz manbasidan avtomatik tarzda uzatilmaydi.
Bu funksiya quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi.
Avto tanlash sozlamalari da tanlanmagan qog‘oz manbasidan foydalanib nusxa ko‘chirishda.
Kompyuterdan turib xotira qurilmasiga saqlangan ma’lumotlarni Chop etish sozlamalari menyusida sozlamalarni o‘zgartirmasdan chop qilishda.
Xatolik xabari
Qog'oz o'lchami eslatmasi
Tanlangan qog‘oz o‘lchami yoki turi solingan qog‘ozga mos kelmaganida xato xabarini ko‘rsatish uchun Yoniq qilib qo‘ying.
Qog'oz turi eslatmasi
Tanlangan qog‘oz turi solingan qog‘ozga mos kelmaganida xato xabarini ko‘rsatish uchun Yoniq qilib qo‘ying.
Qog‘ozni sozlashni avtomatik ko‘rsatish
Qog‘oz manbasini qog‘oz solayotganda Qog‘oz bandini ko‘rsatish uchun Yoniq qilib qo‘ying. Agar bu xususiyatni o‘chirib qo‘ysangiz, AirPrint yordamida iPhone, iPad yoki iPod touch orqali chop eta olmaysiz.
Boshqa qog‘oz o‘lchamlari ro‘yxati
Foydalanuvchi tomonidan aniqlangan o‘lcham sozlamasini o‘zgartirish mumkin. Bu tez-tez noodatiy o‘lchamdagi qog‘ozga chop qilganda foydalidir.
Bosma Nusxa
Nusxa ko‘chirganda chiqish qayerda bo‘lishini tanlang. Bu menyu faqat tikish yakunlagichi o‘rnatilganda aks ettiriladi.
Bosma Faks
Faks olinganda chiqish qayerda bo‘lishini tanlang. Bu menyu faqat tikish yakunlagichi yoki ichki lotok oʻrnatilganida aks ettiriladi.
Bosma boshqalar
Nusxa ko‘chirish va fakslardan tashqai biror narsani chop qilishda chiqishning qayerda bo‘lishini tanlang. Bu menyu faqat tikish yakunlagichi o‘rnatilganda aks ettiriladi.
Bosma tili
USB
USB interfeysi uchun chop qilish tilini tanlang.
Tarmoq
Tarmoq interfeysi uchun chop qilish tilini tanlang.
Qoʻshimcha tarmoq
Qoʻshimcha tarmoq interfeysi uchun chop qilish tilini tanlang.
Universal bosma sozlamalari
Printer drayveridan foydalanmasdan tashqi qurilmadan foydalangan holda chop qilganda ushbu chop qilish parametrlari qo'llaniladi. * belgisi bilan belgilangan elementlar printer drayveridan boshqariladi va printer boshqaruv panelida yoki printer drayverida o‘rnatilgan sozlamalardan qaysi biridan foydalanilishini aniqlaydi. Printer drayveridagi sozlamalarni tekshirish uchun Texnik xizmat panelini tanlang, Kengaytirilgan sozlamalar tugmasini bosing va Panel sozlamalari bandini tanlang. Bu printer drayveriga ustuvorlik berish uchun o‘rnatilganida * bilan belgilangan elementlar printer drayveridan foydalanib chop qilinganida qo‘llaniladi.
Yuqori tomondan siljish*
Qog‘ozning yuqori hoshiyasini sozlang.
Chap tomondan siljish*
Qog‘ozning chap hoshiyasini sozlang.
Orqadagi yuqori tomondan siljish*
2 tomonlama chop etishda qog‘ozning orqa tomoni uchun yuqori hoshiyani sozlang.
Orqadagi chap tomondan siljish*
2 tomonlama chop etishda qog‘ozning orqa tomoni uchun chap hoshiyani sozlang.
Bo'sh betni tashlab ketish*
Chop qilinayotgan ma’lumotlardagi bo‘sh sahifalarni avtomatik ravishda o‘tkazib yuboradi.
Vazifalarni ajratish
Nusxalarni ishlar bo‘yicha ajratgan holda chiqarish uchun Yoniq-ni tanlang.
Aylantirish
Bir nechta nusxalarni chop qilganda har bir nusxani 90 darajaga aylantirish uchun Yoniq-ni tanlang.
Bu element ixtiyoriy yakunlagich oʻrnatilganida namoyish etilmaydi.
Har bir foydalanuvchi uchun varaq joylang
Kompyuterdan chop qilganda har bir yuboruvchi ishlari orasiga ajratuvchi varaqni qo‘yish uchun Yoniq ni tanlang. Ajratuvchi varaqlar ko‘rsatilgan qog‘oz manbasidan qo‘yiladi.
Rangni sozlash
Rangni sozlash
Yorqinlik va kontrast kabi parametrlarni sozlang va tashqi qurilmadan bosib chiqarishda rangni to‘g‘rilang. Ushbu xususiyat yoqilgan bo‘lsa, printerning rangini to‘g‘irlash sozlamalari standart printer drayveri sozlamalariga qaraganda ustunlikka ega.
Ravshanlik
Tasvir yorqinligini sozlash.
Kontrast
Tasvirning yorqin va qoramtir qismlarining farqini sozlash.
Rangning to‘yinganligi
Tasvir toʻyinganligini sozlash.
Qizil rang muvozanati
Qizil rang tusining sozlash. Bu qiymat oshirilganida tus qizil rangga tuzatiladi. Kamaytirilganida qizil rangning teskarisi boʻlgan qirmiziga tuzatiladi.
Yashil rang muvozanati
Yashil rang tusining sozlash. Bu qiymat oshirilganida tus yashil rangga tuzatiladi. Kamaytirilganida yashil rangning teskarisi boʻlgan qirmiziga tuzatiladi.
Ko‘k rang muvozanati
Koʻng rang tusining sozlash. Bu qiymat oshirilganida tus koʻk rangga tuzatiladi. Kamaytirilganida koʻk rangning teskarisi boʻlgan sariqqa tuzatiladi.
PDL chop etish konfiguratsiyasi
Umumiy sozlamalar
Qog'oz o'lchami
Chop qilish uchun qog‘oz o‘lchamini tanlang.
Qog'oz turi
Chop qilish uchun qog‘oz turini tanlang.
Joylashuv
Chop qilish uchun standart yo‘nalishni tanlang.
Sifat
Chop qilish sifatini tanlang.
Siyohni tejash rejimi
Bosma zichligini kamaytirish orqali siyohni tejash uchun Yoniq qilib qo‘ying.
Chop etish tartibi
Eng birinchi yoki oxirgi sahifasidan boshlab chop qilish tartibini tanlang.
Oxirgi sahifa eng tepada
Faylning birinchi sahifasidan boshlab chop etadi.
Birinchi sahifa eng tepada
Faylning oxirgi sahifasidan boshlab chop etadi.
Nusxalar soni
Chop qilinadigan nusxalar sonini qo‘ying.
Tikish hoshiyasi
Qistirish o‘rnini tanlang.
Qog‘ozni avtomatik ravishda chiqarish
Chop etish paytida to‘xtab qolsa, qog‘ozni avtomatik ravishda chiqarib yuborish uchun Yoniq qilib qo‘ying.
2 tomonli chop etish
2 tomonli chop etish uchun Yoniq qilib qo‘ying.
PCL menyusi
PCL chop qilish uchun sozlamalarni o‘rnating.
Shrift manbasi
Rezident
Printerda oldindan o‘rnatilgan shriftni ishlatish uchun tanlang.
Yuklab olish
Yuklab olingan shriftni ishlatish uchun tanlang.
Shrift raqami
Odatiy Shrift manbasi uchun odatiy shrift raqamini tanlang. Mavjud raqam qo‘yilgan sozlamalarga bog‘liq bo‘ladi.
Pitch
Shrift ko‘lamini o‘zgartirib bo‘lsa va o‘zgarmas qadamli bo‘lsa, odatiy shrift qadamini qo‘ying. 0,44 dan 99,99 cpi (belgi/dyuym) gacha qo‘yish mumkin, 0,01 qadamda.
Shrift manbasi yoki Shrift raqami sozlamalariga qarab, bu element ko‘rsatilmasligi mumkin.
Bo‘yi
Shrift ko‘lamini o‘zgartirib bo‘lsa va proporsional bo‘lsa, odatiy shrift bo‘yini qo‘ying. 4,00 dan 999,75 birlikkacha qo‘yish mumkin, 0,25 qadamda.
Shrift manbasi yoki Shrift raqami sozlamalariga qarab, bu element ko‘rsatilmasligi mumkin.
Belgilar to‘plami
Odatiy belgi to‘plamini tanlang. Agar Shrift manbasi da tanlangan shrift mavjud bo‘lmasa va yangi belgi jadvalida Shrift raqami sozlamasi yo‘q bo‘lsa, Shrift manbasi va Shrift raqami sozlamalari avtomatik ravishda odatiy qiymat — IBM-US ga qo‘yiladi.
Shakl
Tanlangan qog‘oz o‘lchami va yo‘nalishi uchun qatorlar sonini belgilang. Buning oqibatida qatorlar orasi (VMI) o‘zgaradi va yangi VMI qiymati printerda saqlanadi. Sahifa o‘lchami yoki yo‘nalish sozlamalari keyinchalik o‘zgartirilsa, saqlangan VMIga asoslanib, Shakl qiymati ham o‘zgaradi.
CR funksiyasi
Muayyan operatsion tizimdagi drayver bilan chop etishda karetkani qaytarish buyrug‘ini tanlang.
LF funksiyasi
Muayyan operatsion tizimdagi drayver bilan chop etishda qator uzatish buyrug‘ini tanlang.
Qog‘oz manbasini tayinlash
Qog‘oz manbasini tanlash buyrug‘i uchun tayinlov qo‘ying. 4 tanlansa, buyruqlar HP LaserJet 4 bilan muvofiq qilib tayinlanadi. 4K tanlansa, buyruqlar HP LaserJet 4000, 5000 va 8000 bilan muvofiq qilib tayinlanadi. 5S tanlansa, buyruqlar HP LaserJet 5S bilan muvofiq qilib tayinlanadi.
PS menyusi
PS chop qilish uchun sozlamalarni o‘rnating.
Xato varag‘i
PostScript yoki PDF chop etishda xatolik yuz bersa, holatni ko‘rsatuvchi varaqni chiqarish uchun Yoniq qilib qo‘ying.
Bo‘yoq
PostScript chop qilish uchun rang rejimini tanlang.
Ikkilik
Ikkilik tasvirlar mavjud faylni chop etayotganda Yoniq qilib qo‘ying. Printer drayveri sozlamasi ASCII qilib qo‘yilgan bo‘lsa ham, ilova ikkilik axborot yuborishi mumkin, ammo bu funksiya yoqilganida axborotni chop etish mumkin.
PDF sahifa o‘lchami
PDF faylini chop etishda qog‘oz o‘lchamini tanlang.
Avtomatik xato tuzatkich
2 tomonli chop etishda muammo yuz bersa yoki xotira to‘lib qolsa, bajariladigan amalni tanlang.
Yoniq
2 tomonli chop etishda xato yuz bersa, ogohlantirish ko‘rsatib, bir tomonli rejimda chiqaradi, xotira to‘lib qolgani xatosi ko‘rsatilsa, printer ishlov bera olgan qismnigina chiqaradi.
O‘chiq
Xatolik xabarini ko‘rsatadi va chop etishni bekor qiladi.
Xotira qurilmasi
Printer qo‘yilgan xotira qurilmasiga kira olishi uchun Yoqish qilib qo‘ying. Agar O'chirib qo'yish tanlangan bo‘lsa, siz xotira qurilmasidagi ma’lumotlarni o‘qiy olmaysiz, chop eta olmaysiz yoki ma’lumotlarni xotira qurilmasiga printer bilan saqlay olmaysiz. Shunda maxfiy hujjatlarning o‘g‘irlanishiga chek qo‘yiladi.
Siyoh bosmalaringiz dogʻlanishining oldini olish. Effekt Rejim1, Rejim2 va Rejim3 tartibida oshiriladi. Lekin bu chop qilish tezligini kamaytirishi mumkin.
Qog‘oz uzatkichga yordamlashish
Qalin qog‘oz va xatjildlar uzatilganida yuz beradigan muammolar va oddiy qogʻozda qiya chop etish muammosini kamaytirish uchun Yoniq bandini tanlang.
Lekin bu chop qilish tezligini pasaytirishi mumkin.
Sokin rejim
Chop etish paytida shovqinni kamaytirish uchun Yoniq qilib qo‘ying, ammo chop etish sekinlashishi mumkin. Siz tanlagan qog'oz turi va chop qilish sifati parametrlariga bog'liq ravishda printerning shovqin darajasida farq bo'lmasligi mumkin.
Yakunlashni optimallashtirish
Qistirgich bo'lganida tekislash
Tikish ishini yaxshilash uchun qog‘ozning noto‘g‘ri joylashishini kamaytiring. Biroq bu chop qilish tezligini pasaytirishi mumkin.
Ichki finisher ulanganda sozlash qiymatini o‘zgartirishingiz mumkin.
Qistirgich bo'lmaganida tekislash
Qog‘ozning tenglashtirilmaganligini pasaytiring. Biroq bu chop qilish tezligini pasaytirishi mumkin.
Buklanganida va yelkalatib tikilganida tekislash
Har bir nusxani to‘g‘ri holatda katlamoq yoki egarimon tikish uchun qog‘ozning noto‘g‘ri joylashishini kamaytiring. Biroq bu chop qilish tezligini pasaytirishi mumkin.
Bu parametr faqat egarsimon tikish bloki o‘rnatilganida aks ettiriladi.
Yigʻindi tortmasi sozlamasi
Maksimum taxlamni aniqlash nuqtasini oʻzgartirish
Yakunlagich lotogida aniqlangan to‘liq varaqlar sonini 4000 dan 1500 ga o‘zgartiring. Ixtiyoriy tikish yakunlagich oʻrnatilganida foydalanish mumkin.
Chop etish tezligi darajasi
Printerga chop qilish tezligini qog‘oz turi va chop qilish ma’lumotlari sharoitlariga moslashga imkon berish uchun O‘chiq ni tanlang. Bu chop qilish sifatining yomonlashishi va qog‘oz tiqilishining oldini olishga imkon beradi.
Qirqilgan rasmlar uchun chegaralar
Tasvirni qirqqanda va uni chop etganda hoshiyalarni sozlaydi.
USB orqali kompyuterga ulanish
USB orqali ulanganda kompyuter printerga kirishiga ruxsat berish uchun Yoqish qilib qo‘ying. O'chirib qo'yish tanlansa, tarmoq orqali yuborilmagan chop etish yoki skanerlash vazifasi bajarilmaydi.
USB I/F u-n tanaffus
Printer PostScript printer drayveri yoki PCL printer drayveridan chop etish vazifasini olgandan so‘ng kompyuter bilan USB aloqani uzish uchun o‘tishi kerak bo‘lgan vaqtni soniyada kiriting. Agar PostScript printer drayveri yoki PCL printer drayverida vazifaning tugashi aniq ko‘rsatilmagan bo‘lsa, USB aloqasi to‘xtovsiz davom etishi mumkin. Bu holda printer belgilangan vaqtdan so‘ng aloqani uzadi. Aloqani uzmaslik uchun 0 (nol) kiriting.