Printer uchun sozlamani eksport qiling.
Web Config-ga kirish uchun printerning IP-manzilini brauzerga kiriting.
Printer bilan bitta tarmoqqa ulangan, o‘zingiz kompyuterdan sozlamoqchi bo‘lgan (standart/qo‘shimcha) tarmoqning IP-manzilini kiriting.
Quyidagi menyuda printerning IP-manzilini tekshirish mumkin.
Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Tarmoq sozlamalari > (Standart yoki Qoʻshimcha) > Tarmoq holati > Simli LAN/Wi-Fi holati
Administrator sifatida kirish uchun administrator parolini kiriting.
Quyidagi tartibda tanlang.
Device Management paneli > Export and Import Setting Value > Export
Eksport qilmoqchi bo‘lgan sozlamalarni tanlang.
O‘zingiz eksport qilmoqchi bo‘lgan sozlamalarni tanlang. Agar siz bosh toifani tanlasangiz, ichki toifalar ham tanlanadi. Biroq bitta tarmoq ichida takrorlanishi tufayli xatoliklar yuzaja keltiruvchi ichki toifalarni (IP-manzillar kabilar) tanlab bo‘lmaydi.
Eksport qilingan faylni shifrlash uchun parolni kiriting.
Faylni import qilish uchun sizdan parol talab qilinadi. Agar faylni shifrlashni xohlamasangiz, bu yerni bo‘sh qoldiring.
Export-ni cherting.
Agar siz qurilma nomi va IPv6 manzil kabi printerning tarmoq sozlamalarini eksport qilmoqchi bo‘lsangiz, Enable to select the individual settings of device ni va ko‘proq elementlarni tanlang. Printerni almashtirish uchun faqat tanlangan qiymatlardan foydalaning.