Chop qilingan materiallardagi matnlar va tasvirlarning ko‘rinuvchanligini yaxshilashingiz mumkin.

Rangli universal bosma-dan foydalanish uchun quyidagi sozlamalar tanlangan bo‘lishi lozim.
Qog‘oz turi: oqqiy qog‘oz 1, oqqiy qog‘oz 2, blank, qayta ishlangan, rangli, avvaldan chop qilingan qog‘oz, yuqori sifatli oddiy qog‘oz, qalin qog‘oz 1, qalin qog‘oz 2, qalin qog‘oz 3 yoki qalin qog‘oz 4
Sifat: Standart yoki balandroq sifat
Chop qilish rangi: Rangli
Ilovalar: Microsoft® Office 2007 yoki keyingi versiyalari
Matn o‘lchami: 96 pts yoki kichikroq
Printer drayverining Ko‘proq tanlamalar panelidagi Tasvir tanlamalari sozlamasidagi Rangni to‘g‘rilash-ni bosing.
Rangli universal bosma sozlamasidan birorta variantni tanlang.
Ko‘proq sozlamalarni kiritish uchun Bo‘rttirish tanlamalari tugmasini bosing.
Zarur hollarda Asosiy, Bosmani yakunlash yoki Ko‘proq tanlamalar panellaridagi boshqa elementlarni o‘rnating va keyin OK-ni cherting.
Chop qilish-ni cherting.
Ma’lum belgilar namunalar bilan o‘zgartirilishi mumkin, masalan, “+” “±” kabi ko‘rinishi mumkin.
Ilovaga xos bo‘lgan namunalar va tag chiziqlar ushbu sozlamalardan foydalanib chop qilingan kontentni o‘zgartirishi mumkin.
Rangli universal bosma sozlamalaridan foydalanilganda fotosuratlar va boshqa tasvirlarda chop qilish sifati yomonlashishi mumkin.
Rangli universal bosma sozlamalaridan foydalanilganda chop qilish sekinroq bo‘ladi.