Bu usul sizga printerni simsiz routersiz Android qurilmalariga ulash imkonini beradi.
Bu funksiyadan foydalanish uchun ixtiyoriy Wireless LAN Interface-P1ʼni oʻrnatishingiz kerak.
Bu funksiyadan foyfalanish quyidagi shartlarni talab qiladi.
Android 5.0 yoki keyingi versiyalari
Epson Smart Panel 4.00 yoki undan keyingi versiyalar
Smart qurilmadan chop qilish uchun Epson Smart Panel ilovasidan foydalaniladi. Smart qurilmaga avvaldan Epson Smart Panel ilovasini o‘rnating.
Sizdan faqat printer va ulamoqchi bo‘lgan smart qurilma uchun bu sozlamalarni bir marta sozlash talab qilinadi. Wi-Fi Direct funksiyasini o‘chirib qo‘ymas yoki tarmoq sozlamalarini sukut bo‘yicha qiymatlariga qayta tiklamas ekansiz, bu sozlamalarni qaytadan sozlashingiz shart emas.
Bosh ekranda
-ni tanlang.
Wi-Fi Direct-ni tanlang.
Sozlashni boshlash-ni tanlang.
Android-ni tanlang.

Smart qurilmada Epson Smart Panel ilovasini ishga tushiring.
Epson Smart Panel ekranida + tugmasini bosing va keyin Wi-Fi tarmoqqa ulangan mahsulotlar roʻyxatidan siz ulamoqchi boʻlgan printerni tanlang.
Qurilmaning ulashni tasdiqlash ekrani ko‘rsatilganida Tasdiqlash-ni tanlang.
Printerning boshqaruv panelidan Tugallandi bo‘limiga kiring.
Printerga avval ulangan smart qurilmalarni qaytadan ulash uchun smart qurilmaning Wi-Fi ekranida tarmoq nomini (SSID) tanlang.