Printerda batareyka mavjud.
Mahsulotda ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan ustidan chizilgan g‘ildirakli chelak yorlig‘i bu mahsulot va undagi batareykalarning oddiy maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarilmasligi kerakligini bildiradi. Atrof-muhit yoki inson sog‘lig‘iga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararlarning oldini olish uchun bu mahsulot va undagi batareykalarni boshqa chiqindilardan ajratib oling, bu ularni atrof-muhitga zararsiz tarzda qayta ishlanishiga imkon beradi. Mavjud chiqindi to‘plash muassasalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar olish uchun mahalliy hokimiyat idorasiga yoki mahsulotni xarid qilgan chakana savdo do‘koniga murojaat qiling. Pb, Cd yoki Hg kimyoviy belgilardan foydalanilishi batareykadan bu moddalardan foydalanilganligini ko‘rsatadi.
Bu ma’lumotlar faqat YEVROPA PARLAMENTI VA KENGASHINING 2006 yil 6 sentabridagi batareykalar hamda foydalanib bo‘lingan batareykalar va akumullyatorlar bo‘yicha 2006/66/EC-sonli Direktivasi va 91/157/EEC-sonli bekor qiluvchi Direktivasiga hamda uni turli milliy huquqiy tizimlarga o‘tkazuvchi va qo‘llovchi qonunchilikka ko‘ra Yevropa Ittifoqidagi iste’molvchilar va muqobil qoidalarni qo‘llagan Yevropa, Yaqin Sharq va Afrikada (EMEA) iste’molchilarga qo‘llaniladi.
Boshqa mamlakatlar bo‘yicha mahsulotingizni qayta ishlash imkoniyatlarini o‘rganib chiqish uchun mahalliy hokimiyat organiga murojaat qiling.
