O‘zingizning tez-tez foydalaniluvchi chop qilish sozlamalari uchun avvaldan o‘rnatgan qiymatlaringizni qo‘shishingiz yoki olib tashlashingiz mumkin. Ro‘yxatdan o‘zingiz foydalanmoqchi bo‘lgan avvaldan o‘rnatilgan sozlama qiymatini tanlang.
Sozlamalarni ko‘rsatish/Sozlamalarni berkitish
Hozirda Asosiy, Bosmani yakunlash va Ko‘proq tanlamalar panellarida o‘rnatilgan elementlar ro‘yxatini namoyish qiladi. Joriy sozlamalar ro‘yxati ekranini ko‘rsatish yoki yashirishingiz mumkin.
Parametrlarni asliga qaytarish
Barcha sozlamalarni ularning zavoddagi sukut bo‘yicha qiymatlariga qaytaradi. Asosiy va Bosmani yakunlash panellaridagi sozlamalar ham o‘zlarining sukut bo‘yicha qiymatlariga qayta o‘rnatiladi.
Vazifa turi
Chop qilish ma’lumotlarini printerga saqlash yoki saqlamaslikni tanlang.
Normal bosma
Chop qilish saqlamagan holda boshlanadi.
Maxfiy ish
Maxfiy hujjatlarni chop qilish vaqtida parol bilan himoyalang. Agar bu xususiyatdan foydalansangiz, chop etish ma’lumotlari printerda saqlanadi va faqatgina printerning boshqaruv panelidan foydalangan holda parol kiritilgandan keyingina chop qilish mumkin. Sozlamalarni o‘zgartirish uchun Settings-ni cherting.
Ishni tekshirish
Bir necha nusxalarni chop qilganda kontentni tekshirish uchun bitta nusxani chop qilishga imkon beradi. Ikkinchi nusxani qilgandan keyin chop qilish uchun printerning boshqaruv panelidan boshqaring.
Sozlamalar-ni cherting va Foydalanuvchi nomi va Ish nomi-ni o‘rnating.
Ishni qayta chop etish
Chop qilish ishlarini printer xotirasiga saqlashga imkon beradi. Printer boshqaruv panelidan ishlatish orqali chop qilishni boshlashingiz mumkin.
Sozlamalar-ni cherting va Foydalanuvchi nomi va Ish nomi-ni o‘rnating.
Xotiraga saqlash
Siz chop etiladigan ma’lumotlarni saqlash joyiga saqlashingiz va keyinchalik chop etishingiz mumkin.
Xotiraga saqlash va Bosma
Chop qilinayotganda siz chop qilish ma’lumotlarini saqlash qurilmasiga saqlashingiz mumkin.
Rangni to‘g‘rilash
Avtomatik
Rasmlarning tusini avtomatik ravishda sozlaydi.
Noodatiy
Qo‘lda ranglarni tuzatishni bajarishga imkon beradi. Qo‘shimcha-ni chertish Rangni to‘g‘rilash ekranini ochadi va bu ekranda rangni moslashtirishning batafsil usulini tanlashingiz mumkin. Tasvir tanlamalari tugmachasini chertganingizda sizga Rangli universal bosma usulini belgilash hamda matn va ingichka chiziqlarni ta’kidlash imkonini beradi. Chekkasini silliqlash va Qizil ko‘zni tuzat funksiyalarini ham yoqishingiz mumkin.
Qo‘shimcha sozlamalar
Suv belgisi xususiyatlari
Nusxa ko‘chirishga qarshi belgilar, suv belgilari yoki yuqori kolontitul va quyi kolontitullar uchun sozlamalarni o‘rnatishga imkon beradi.
Qo‘shish/O‘chirish
O‘zingiz foydalanmoqchi bo‘lgan nusxa ko‘chirishga qarshi namunalar yoki suv belgilarini qo‘shish yoki olib tashlashga imkon beradi.
Sozlamalar
Nusxa ko‘chirishga qarshi namunalar yoki suv belgilari uchun chop qilish usulini o‘rnatishga imkon beradi.
Sarlavha/Taglavha
Yuqori yoki quyi kolontitullarda foydalanuvchi nomi va chop qilish sanasi kabi ma’lumotlarni chop qilish mumkin.
180° ga aylantirish
Chop etishdan oldin sahifalarni 180 darajaga aylantiradi. Konvertlar kabi printerda ma’lum belgilangan yo‘nalishda kiritiladigan qog‘ozlarni chop qilishda bu bandnbi tanlang.
Chop qilish to‘plamlari
Bosmalarni guruhlar bo‘yicha tartiblashga ruxsat beruvchi sozlamalarni yoqadi. Nusxalar soni, to‘plamlar soni va tartiblash usulini o‘rnatish uchun Sozlamalar tugmasini bosing.