> Bu hollarda > Qo‘lda biriktirishdan foydalanish

Qo‘lda biriktirishdan foydalanish

Ixtiyoriy tikish yakunlagichi qo‘lda qistirish imkonini beruvchi funksiyaga ega. Bu xususiyat chop qilingan varaqlarni biriktirishni unitib qo‘ygan yoki asl nusxalarni biriktirishni xohlagan hollarda foydalidir.

Qo‘lda biriktirish mumkin bo‘lgan varaqlar soni:

Printer o‘rnatilgan vaqtda foydalanish mumkin bo‘lgan qog‘oz o‘lchamlari o‘rnatiladi va belgilab qo‘yiladi.

A4 yoki A3 uchun

  • Qog‘oz o‘lchami: A4

    60 g/m dan 90 g/m gacha2: 50 varaq

    91 g/m dan 105 g/m gacha2: 40 varaq

  • Qog‘oz o‘lchami: A3

    60 g/m dan 90 g/m gacha2: 30 varaq

    91 g/m dan 105 g/m gacha2: 20 varaq

Letter yoki Legal o‘lchami uchun

  • Qog‘oz o‘lchami: Letter

    60 g/m dan 90 g/m gacha2: 50 varaq

    91 g/m dan 105 g/m gacha2: 40 varaq

  • Qog‘oz o‘lchami: Legal

    60 g/m dan 90 g/m gacha2: 30 varaq

    91 g/m dan 105 g/m gacha2: 20 varaq

  1. Qistirish oʻrnini almashtirish tugmasini bosing.

    Yakunlagich lotogi qog‘ozni chiqarish blokining zatvori ochiladi va qo‘lda qistirish rejimi yoqiladi.

  2. Biriktirish uchun holatni o‘rnating.

    Sozlamani oʻzgartirish uchun qistirish oʻrnini almashtirish tugmasini bosing. Tanlangan biriktirish holati ostidagi yashil chiroq yonadi. Biriktirish holatini yoqish tugmasini bosish orqali tanlovni o‘zgartirishingiz mumkin.

  3. Qog‘ozni yuklang.

    Qog‘ozni chop qilinadigan tomonini tepaga qaratgan holda soling va bunda qog‘ozni chiqarish bloki zatvori ochiq bo‘lishi kerak.

    Qog‘ozni solish holatini biriktirish holatiga ko‘ra sozlang.

    Diqqat:

    Qo‘lingizni qog‘ozni chiqarish blokining tirqishiga tiqmang.

    Eslatma:
    • Qog‘ozni solishdan avval biriktirish holatini yoqish tugmasini bosing. Qog‘oz solinayotgan vaqtda bu tugmadan foydalanib bo‘lmaydi.

    • Qog‘oz to‘g‘ri solinganda biriktirish tugmasi chirog‘i yonadi. Agar bu chiroq o‘chiq bo‘lsa, qog‘ozni qayta soling.

  4. Biriktiring.

    Qo‘llaringizni qog‘ozdan oling va keyin biriktirish tugmasini bosing.

    Qo‘lda biriktirish rejimidan chiqishda chiroqni o‘chirish uchun biriktirish holatini yoqish tugmasini bir necha marta bosing.

    Eslatma:

    Agar kutilmagan hodisa yuz bersa, printer boshqaruv panelidagi xatolik chirog‘i yonadi yoki miltillaydi va xabar namoyish qilinadi.