Qog‘oz bilan berilgan ko‘rsatmalar varaqlarini o‘qib chiqing.
Solishdan avval qog‘oz qirralarini yelpig‘ich qiling va tekislang.

Agar qog‘oz egilgan bo‘lsa, solishdan avval uni tekislang yoki teskari yo‘nalishda eging. Ezilgan qog‘ozga chop qilish qo‘gozning tiqilib qolishi yoki chop qilingan narsalarning chaplanib ketishiga olib kelishi mumkin.

Agar zaslonka qisqa qirrada bo‘lsa, foydalanuvchi tomonidan belgilanadigan o‘lchamni o‘rnatishda zaslonkaning qo‘shib hisoblanganligiga ishonch hosil qiling.
Agar xatjildlar egilgan boʻlsa, solishdan avval ularni tekislang yoki qarama-qarshi tomonga biroz eging. Egilgan xatjildga chop qilish qogʻozning tiqilib qolishi yoki chop qilingan narsalarning chaplanib ketishiga olib kelishi mumkin.

Solishdan avval xatjild qirralarini yelpig‘ich qiling va tekislang. Taxlangan xatjildlar havo bilan puflanganda solishdan avval ularni tekislash uchun pastga bosing.

Qog‘ozlarni saqlashda quyidagilarni e’tiborga oling.
Namlikning qurib qolishining oldini olish uchun qolgan qog‘ozlarni plastik qadoqqa germetik holda joylashtiring.
Kamroq namlikka ega bo‘lgan joylarda saqlang. Yana qog‘ozlarni namlantirmang.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari tushishiga yo‘l qo‘ymang.
Qog‘ozlarni tik holda qo‘ymang, tekis holda joylashtiring.
Garchi qog‘ozlarni yuqorida eslab o‘tilgan holda saqlasangiz ham muhitga bog‘liq ravishda chop qilish sifatining buzilishi yoki qog‘ozning tiqilib qolishlari yuz berishi mumkin. Saqlanayotgan qog‘ozdan foydalanishdan avval oz sondagi qog‘ozga chop qilishni sinab ko‘ring va qog‘ozning tiqilib qolishi yoki chop qilingan materiallarda chaplanishlar yo‘qligini tekshiring.