O‘zingiz qilgan sozlamalarga bog‘liq ravishda bu elementlar mavjud bo‘lmasligi mumkin.
Nusxalash uchun asosiy menyu parametrlari
Rang rejimi
Rangli yoki oq-qorada nusxalashni tanlang.
Avtomatik
Asl nusxaning oq-qora yoki rangli ekanligini aniqlaydi va eng yaxshi rang rejimidan foydalangan holda avtomatik ravishda nusxalaydi.
Asl nusxaga bog‘liq ravishda oq-qora asl nusxalar rangli sifatida yoki rangli asl nusxalar oq-qora sifatida tanib olinishi mumkin. Agar avtomatik tanib olish to‘g‘ri ishlamayotgan bo‘lsa, rang rejimi sifatida Rangli yoki Oq-qora ni tanlash orqali nusxalang yoki aniqlash sezgirligini o‘rnating. Bosh ekran > Umumiy sozlamalar > Tizim boshqaruvi > Rang sezuvchanligini nusxalash dagi Sozlamalar ni tanlash orqali sezgirlikni o‘rnatishingiz mumkin.
Rangli
Asl nusxani rangli nusxa ko‘chiradi.
Oq-qora
Als nusxani oq va qorada (monoxrom) nusxa ko‘chiradi.
Zichlik
Nusxasi xira chiqsa, zichlik darajasini oshiring. Siyoh chaplanib ketsa, zichlik darajasini kamaytiring.
Qog‘oz
Ishlatiladigan qog‘oz manbasini tanlang. Avtomatik tanlansa, avtomatik aniqlangan originalning o‘lchami va begilangan kattartirish nisbatiga qarab, mos keladigan o‘lcham avtomatik ravishda uzatiladi.
Kichraytir/kattartir
Kattartirish yoki kichraytirish nisbatini sozlaydi. Qiymatga teginib, originalni 25 dan 400% gacha diapazonda kichiklashtirish yoki kattalashtirish darajasini ko‘rsating.
Avtomatik
Skanerlash sohasini aniqlaydi va o‘zingiz tanlagan qog‘oz o‘lchamiga sig‘ishi uchun avtomatik ravishda kattalashtiradi yoki kichiklashtiradi. Asl nusxa atrofida oq hoshiyalar bo‘lgan hollarda skaner shishasining burchak belgisidan () boshlab oq hoshiyalar skanerlash sohasi sifatida aniqlanadi, biroq qarshi tomondagi hoshiyalar qirqilib ketishi mumkin.
Sig‘dirish
Skanerlangan tasvirni qog‘oz o‘lchamiga sig‘dirish uchun Kichraytir/kattartir qiymatidan ko‘ra kichikroq o‘lchamda nusxa oladi. Agar Kichraytir/kattartir qiymati qog‘oz o‘lchamidan kattaroq bo‘lsa, axborot qog‘ozdan tashqariga bosilishi mumkin.
Erkin shakl(mm)
Qogʻozni kattalashtirish yoki kichiklashtirish uchun uning vertikal va gorizontal uzunliklarini belgilang.
Erkin shakl(%)
Asl nusxani kattalashtirish yoki kichiklashtirish uchun uning vertikal va gorizontal uzunliklar uchun turli kattalashtirishlarni belgilang.
Haq. o‘lch.
100% kattalashtirish bilan nusxa ko‘chiradi.
A3→A4 va boshqalar
Muayyan qog‘oz o‘lchamiga mos bo‘lishi uchun avtomatik ravishda kattalashtiradi yoki kichiklashtiradi.
Original turi
Originalning turini tanlang. Original turiga mos kelishi uchun optimal sifatda nusxa ko‘chiradi.
2 tomonlama
2 tomonli sxemani tanlang.
1→ 1 tom.
Originalning bir tomonini bir varaq qog‘ozning bitta tomoniga nusxa ko‘chiradi.
2>2 tomonlama
Ikki tomonli originalning har ikkala tomonini bir varaq qog‘ozning ikkiala tomoniga nusxa ko‘chiradi. Originalning yo‘nalishi va original hamda qog‘ozning qistiriladigan o‘rnini tanlang.
1>2 tomonlama
Ikkita bir tomonli originallarni bir varaq qog‘ozning ikki tomoniga nusxa ko‘chiradi. Originalning yo‘nalishi va qog‘ozning qistiriladigan o‘rnini tanlang.
2>1 tomonlama
Ikki tomonli originalning ikkita tomonini ikki varaq qog‘ozning bittadan tomoniga nusxalaydi. Originalning yo‘nalishi va qistiriladigan o‘rnini tanlang.
Ko‘p
Nusxalash qolipini tanlang.
Bitta
Bir tomonli originalni bitta betga nusxalaydi.
2 ta
2 ta bir tomonli originalni bitta betga joylashtirib nusxa ko‘chiradi. Originalning sxemasi va yo‘nalishini tanlang.
4 ta
4 ta bir tomonli originalni bitta betga joylashtirib nusxa ko‘chiradi. Originalning sxemasi va yo‘nalishini tanlang.
Yakunlash
Yakunlash
Tartib bo‘yicha solishtirilgan va to‘plamlarga ajratilgan ko‘p sahifali hujjatlarni chop qilish uchun Taxlash (sahifa tartibi)-ni tanlang.
Bitta raqamli sahifalarni guruh sifatida olish orqali ko‘p sahifali hujjatlarni chop qilish uchun Guruhlash (bir xil sahifalar)-ni tanlang.
Qog‘ozni chiq-sh
Agar Aylantirish tanlansa, portret va peyzaj yo‘nalishlarida ketma-ket almashtirgan holda chop qilish mumkin. Bu xususiyatdan foydalanganda Avtomatik-ni Qog‘oz sifatida tanlang.
Agar Siljitish bandini tanlasangiz, har bir nusxalar majmuasini ofset qilishingiz mumkin. Yakunlagich oʻrnatilganida chiqariladi.
Qistirish
Dasta joylashgan joyni tanlang. Yakunlagich oʻrnatilganida chiqariladi.
Teshish
Teshiklarni teshish o‘rnini tanlang. Teshish moslamasi o‘rnatilganda chiqariladi.
Yelkalatib tikish
Nusxalarni egarsimon tikilishini xohlaganingizda ushbu sozlamalarni belgilang.
Bu menyu faqat egarsimon tikish funksiyasi yoqilganidagina ko‘rsatiladi.
Yelkalatib tikish
Nusxalarni egarsimon tikishga imkon beradi.
Har bir shtapeldagi varaqlar
Egarsimon tikish uchun sahifalar sonini ko‘rsating.
Ajratish
Alohida chop etishga imkon beradi.
Qopqoq
Nusxalarga muqovalar qo‘shishga imkon beradi.
Qog‘oz
Muqovalar uchun o‘zingiz qog‘oz yuklagan qog‘oz manbasini tanlang.
Yarim buklash
Nusxalarni yarim buklashni xohlaganingizda ushbu sozlamalarni belgilang.
Bu menyu faqat yarim buklash funksiyasi yoqilganidagina ko‘rsatiladi.
Yarim buklash
Nusxalarni yarim buklashga imkon beradi.
Har bir buklashdagi varaqlar
Yarim buklash uchun sahifalar sonini ko‘rsating.
Ajratish
Ular chiqarilganida chop qilinadigan nusxalarni bo‘lish imkonini beradi.
Qopqoq
Nusxalarga muqovalar qo‘shishga imkon beradi.
Qog‘oz
Muqovalar uchun o‘zingiz qog‘oz yuklagan qog‘oz manbasini tanlang.
Chop etish rejimi
Yarim buklangan qog‘oz tashqarisiga yoki ichiga chop qilishni tanlang.
Uch buklama
Uch buklanadigan nusxalarni chiqarishni xohlaganingizda ushbu sozlamalarni belgilang.
Bu menyu faqat uch buklash funksiyasi yoqilganidagina ko‘rsatiladi.
Uch buklama
Sizga uch buklanadigan nusxalarni chiqarish imkonini beradi.
Har bir buklashdagi varaqlar
Uch buklanadigan sahifalar sonini kiriting.
Chop etish rejimi
Uch buklanadigan qogʻoz tashqarisiga yoki ichkarisiga chop qilishni tanlang.