Quyidagi usullar yordamida faksni yuborish uchun Oluvchi sahifasida yoki Tez-tez ishlatiladigan sahifasida qabul qiluvchilarni koʻrsatishingiz mumkin.
Bevosita kiritish-ni tanlang, ekranda koʻringan faks raqamini kiriting va keyin OK tugmasini bosing.
- Raqam terish vaqtida pauza (uch soniyali) qo‘shish uchun (-) defis belgisini kiriting.
- Agar Liniya turi bandida tashqi kirish kodini sozlagan boʻlsangiz, faks raqami boshidagi haqiqiy tashqi kirish kodi oʻrniga “#” (hesh) belgisini kiriting.
Agar faks raqamini qo‘lda kirita olmasangiz, Xavfsizlik sozlamalari boʻlimidagi Bevosita terish u-n cheklovlar Yoniq rejimiga o‘rnatiladi. Kontaktlar ro‘yxatidan yoki yuborilgan fakslar tarixidan faks oluvchilarni tanlang.
Kontaktlar boʻlimini tanlang va siz faks joʻnatmoqchi boʻlgan oluvchilarni tanlang. Quyidagi ikonka kontaktlar ro‘yxatini ko‘rsatadi.

Kontaktlar ro‘yxatida oluvchini qidirish uchun
-ni tanlang.
Agar siz yubormoqchi bo‘lgan oluvchi hali Kontaktlar-da ro‘yxatga olinmagan bo‘lsa, uni ro‘yxatga olish uchun
-ni bosing.
(Oxirgi) bandini tanlang va oluvchini tanlang.
Web Config dasturida Assign to Frequent Use sifatida ro‘yxatga olingan oluvchini tanlang.
Kiritilgan qabul qiluvchilarni o‘chirish uchun LCD ekranidagi faks raqami yoki qabul qiluvchilar soni maydoniga teginish orqali qabul qiluvchilar ro‘yxatini chiqaring, ro‘yxatdan birini tanlab, Olib tashlashni tanlang.