Qo‘goz chaplanayapti yoki ishqalanayapti

Quyidagi sabablarni ko‘rib chiqish mumkin.

Qo‘llab-quvvatlanmaydigan qog‘ozdan foydalanilayapti.

Yechimlar

Ushbu printer tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan qog‘ozdan foydalaning.

Qog‘oz noto‘g‘ri solingan.

Yechimlar

Gorizontal polosalar (chop qilish yo‘nalishiga perpendikulyar) paydo bo‘lganda yoki qog‘ozning yuqori yoki past qismi dog‘langanda qog‘ozni to‘g‘ri yo‘nalishda soling va chekkalar yo‘naltirhichlarini qog‘oz qirralari tomon suring.

Printerga juda ko‘p qog‘oz solingan.

Yechimlar

Qog‘oz uchun ko‘rsatilgan maksimal varaqlar sonidan ortiq qog‘oz solmang. Oddiy qog‘ozni qirra yo‘naltirgidagi uchburchak belgisidan o‘tadigan tarzda solmang.

Qog‘oz buklanib qolgan.

Yechimlar

Uning qayrilib qolmaganligini tekshirish uchun qog‘ozni tekis yuzaga qo‘ying. Agar u qayrilgan bo‘lsa, uni tekislang.

Qog‘oz nam.

Yechimlar

Qog‘ozning holatini tekshiring. Agar qog‘oz namlikni yutsa, u to‘lqinsimon bo‘lib qolishi, bu esa muammolarga olib kelishi mumkin.

Eski qog‘oz ishlatilgan.

Yechimlar

Agar qog‘oz tez-tez chaplanib yoki ishqalanib qolsa, yangi ochilgan qog‘ozdan foydalanib ko‘ring.

Qog‘oz muhrlanmagan.

Yechimlar

Bir marta ochgan qog‘ozingizni plastik qadoqda germetik yopilgan holda saqlang.

Chop qilish kallagi qog‘oz yuzasiga ishqalanyapti.

Yechimlar

Qalin qog‘ozga chop etishda chop qilish kallagi chop qilish sirtiga yaqin joylashgan bo‘ladi va qog‘oz ishqalanishi mumkin. Bu holda ishqalanishni kamaytirish sozlamasini yoqing. Agar siz bu parametrni yoqsangiz, chop qilish sifati pasayishi yoki chop qilish sekinlashishi mumkin.

Boshqaruv paneli

Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Printer sozlamalari-ni tanlang, keyin Qalin qog‘oz-ni yoqib qo‘ying. O‘rnatish opsiyalarini ko‘rish uchun printerning LCD ekraniga qarang.

Chop qilish zichligi sifati yuqori darajaga o‘rnatilgan.

Yechimlar

Agar qog‘oz Qalin qog‘oz yoqilganidan keyin ham dog‘li bo‘lsa, chop qilish zichligini pasaytiring.

Qog‘oz orqa tomoni allaqachon chop etilgan tomoni qurumasdan turib chop etilgan.

Yechimlar

Qo‘lda 2 tomonlama chop qilishda qog‘ozni solishdan avval siyohning to‘liq quriganligiga ishonch hosil qiling.

Avtomatik 2 tomonlama chop qilishdan foydalanib chop qilganda, chop qilish zichligi juda yuqori va qurish vaqti juda qisqa.

Yechimlar

Avtomatik 2 tomonlama chop etish funksiyasidan foydalanayotganda va rasm hamda grafiklar singari yuqori zichlikdagi ma’lumotlar chop etilayotganda bosma zichligini pasaytiring va quritish vaqtini uzaytiring.