> Fakslash (Faqat faks orqali ishlaydigan printerlar) > IP faks (ixtiyoriy) > Printerdan foydalanib IP fakslarni yuborish

Printerdan foydalanib IP fakslarni yuborish

Siz printerning boshqaruv panelidan liniyani belgilash va belgilangan manzilni kiritish orqali IP fakslarni yuborishingiz mumkin.

Eslatma:

Fakslar yuborishning asosiy usuli standart faks yuborishdagi bilan bir xil.

Printerdan foydalanib fakslarni yuborish

  1. Asl nusxalarni joylashtiring.

    Asl nusxalarni joylashtirish

  2. Boshqaruv panelidagi bosh ekranda Faks bandini tanlang.

  3. Faksni qabul qiluvchiga yuborish uchun Oluvchi panelida qabul qiluvchilarni tanlang.

    Belgilangan manzilni oddiy usulda kiritish uchun Bevosita kiritish bandini tanlang, keyin Liniya t-sh orqali IP-FAX liniyasini tanlang. Keyinchalik, ekrandagi raqam klaviaturasi yordamida bevosita belgilangan manzilni kiriting va OK tugmasini bosing.

    IP faks manzili

    Eslatma:
    • Raqam klaviaturasi yordamida kiritib boʻlmaydigan belgilardan iborat manzilni bevosita kirita olmaysiz. Manzilni kontaktlar roʻyxatida oldindan registratsiya qiling va keyin kontaktlar roʻyxatidan manzilni belgilang.

    • Xavfsizlik sozlamalari bandi Bevosita terish u-n cheklovlarda yoqilgan bo‘lsa, qabul qiluvchilarni faqat kontaktlar ro‘yxatidan yoki yuborilgan fakslar tarixidan tanlay olasiz. Manzilni oddiy usulda kirita olmaysiz.

    • Uzatish liniyasini almashtirish Yuborish va olish yoki Faqat yuborish qilib sozlanganda fakslar yuborishingiz mumkin. Siz faqat fakslarni qabul qilish uchun belgilangan liniyani tanlaganingizda fakslarni yuborolmaysiz.

    Koʻzlangan manzilni bevosita kiritishdan tashqari qanday belgilash yuzasidan axborot olish uchun quyidagi havolaga qarang.

    Oluvchilarni tanlash

  4. Faks sozlamalari panelini tanlang va tasvir aniqligi va yuborish usuli kabi parametrlarni keraklicha o‘rnating.

    Faks sozlamalari

  5. Faks yuborishni boshlash uchun tugmasiga tegining.