Quyida bayon qilingani kabi boshqaruv panelidagi menyularni tanlang.
Sozlamalar > Printer holati/Bosma
Joriy printer holati va parametrlarni ko‘satuvchi ma’lumotnomani chop etadi.
Sarf materiallari holatini ko‘rsatuvchi ma’lumotnoma varag‘ini chop etadi.
Printerdan foydalanish tarixini ko‘rsatuvchi ma’lumotnomani chop etadi.
PostScript printer uchun mavjud shriftlar ro‘yxatini chiqaradi.
PCL chop etish uchun mavjud shriftlar ro‘yxatini chop etadi.
Joriy tarmoq sozlamalarini ko‘rsatadi. Siz shuningdek holat varag‘ini chop etishingiz mumkin.
So‘rov orqali yuborilgan yoki olingan avvalgi faks uchun hisobotni chop qiladi.
Yuborish hisobotini chiqaradi. Quyidagi menyudan foydalangan holda bu hisobotni avtomatik chop qilishga o‘rnatish mumkin.
Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Faks sozlamalari > Hisobot sozlamalari > Faks jurnalini avtomatik chop etish
Printerning xotirasida saqlangan faks hujjatlari, masalan, bajarilmagan vazifalar ro‘yxatini chiqaradi.
Joriy faks parametrlarini chop qiladi.
Shartli saqlash/yo‘naltirish ro‘yxatini chiqaradi.
Yuborilgan yoki olingan avvalgi faks uchun batafsil hisobotni chop qiladi.