Kirishni boshqarishni yoqish

Kirishni boshqarishni yoqqanda faqat ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar printerdan foydalana oladilar.

Eslatma:

Access Control Settings yoqilganida foydalanuvchini uning hisob ma’lumotlari to‘g‘risida xabardor qilishingiz kerak.

  1. Web Config-ga kirish uchun printerning IP-manzilini brauzerga kiriting.

    Printer bilan bitta tarmoqqa ulangan kompyuterdan printer IP-manzilini kiriting.

    Quyidagi menyuda printerning IP-manzilini tekshirish mumkin.

    Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Tarmoq sozlamalari > (Standart) > Tarmoq holati > Simli LAN/Wi-Fi holati

  2. Administrator sifatida kirish uchun administrator parolini kiriting.

  3. Quyidagi tartibda tanlang.

    Product Security paneli > Access Control Settings > Basic

  4. Enables Access Control-ni tanlang.

    • Agar Access Control Settings funksiyasini yoqsangiz va autentifikatsiya axborotlariga ega bo‘lmagan smart qurilmalardan chop qilish yoki skanerlashdan foydalanishni xohlasangiz, Allow printing and scanning without authentication information from a computer bandini tanlang.
    • Agar registratsiya qilingan foydalanuvchilarni Veb konfig hisobiga kirishga ruxsat berishni xohlasangiz, Allow registered users to log in to Web Config bandini tanlang.
  5. OK-ni cherting.

    Ma’lum vaqtdan keyin yakunganlik haqidagi xabar ko‘rsatiladi.

    Nusxalash va skanerlash kabi ikonkalarning printer boshqaruv panelida kulrang rangda ko‘rsatilganligini tasdiqlang.