Siyoh kartrijlarini almashtirishdan avval quyidagi ko‘rsatmalarni o‘qib chiqing.
Siyoh kartrijlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari ta’siridan saqlang.
Siyoh kartrijlarini yuqori yoki muzlatuvchi haroratlarda saqlamang.
Eng yaxshi natijalar uchun Epson siyoh kartrijlaridan qadoq ustida yozilgan yaroqlilik muddatigacha yoki oʻrnatilganidan boshlab bir yil ichida, qay biri ertaroq bo‘lsa, foydalanishni tavsiya etadi.
Siyoh kartridjini sovuq saqlash joyidan ichkariga keltirgandan keyin undan foydalanishdan avval uni xona haroratigacha isitish uchun kamida uch soat kuting.
Rasmda ko'rsatilgan bo'limlarga tegmang. Bunday qilish me'yorida ishlash va chop qilishga zarar yetkazishi mumkin.

Uni printerga o'rnatishga tayyor bo'lmaguningizcha siyoh kartridji qadog'ini ochmang. Uning ishonchliligini ta'minlash uchun kartridj vakuumli ravishda qadoqlangan. Agar undan foydalanishdan avval kartridjni qadoqlanmagan holda uzoq vaqt qodlrisangiz, chop qilish me'yorida bo'lmasligi mumkin.
Uni tushirib yubormang yoki qattiq narsalarga urmang; aks holda siyoh oqib ketishi mumkin.
Barcha siyoh kartridjlarini o'rnating; aks holda chop qilib bo'lmaydi.
Siyoh bilan to'ldirilayotgan vaqtda printerni o'chirmang. Agar siyoh bilan to'ldirish tugallanmagan bo'lsa, chop qila olmasligingiz mumkin.
Printerni siyoh kartridjlari olingan holda qoldrimang; aks holda chop qilish golovkasi soplolarida qolgan siyoh qurib qolishi va chop qila olmasligingiz mumkin.
Agar siyoh kartridjini vaqtinchalik olib qo‘yishingiz kerak bo‘lsa, siyoh ta’minoti sohasini kir va changlardan himoyalab qo‘ying. Siyoh kartridjini siyih ta’minoti portini yon tomonlarga qilgan holda printer bilan bir xil sharoitlarda saqlang. Siyoh ta’minoti porti ortiqcha siyohni qo‘yib yuborish uchun mo‘ljallangan klapan bilan jihozlanganligi uchun o‘z qopqoqlari yoki probkalari bilan shart emas.
Olib qo'yilgan kartridjlarning siyoh ta'minoti porti atroflarida siyoh bo'lishi mumkin, shuning uchun kartridjlarni olganda atrofdagi huquqlarga siyoh tegmasligi uchun ehtiyot bo'ling.
Bu printer har bir kartridjdagi qolgan siyoh miqdori kabi ma'lumotlarni nazorat qilib boruvchi yashil chip qilan jihozangan kartridjdan foydalanadi. Bu kartridjdan to'liq foydalanib bo'lishidan avval printerdan olingan bo'lsa ham uni printerga qayta o'rnatgandan keyin kartridjdan foydalanish mumkin ekanligini anglatadi.
Chop qilishning oliy sifatini ta'minlash va chop qilish golovkasini himoya qilishda yordam berish uchun printer kartridjni to'ldirish kerakliguni ko'rsatganda o'zgaruvchan siyoh zahirasi kartridj ichida qoladi. Sizga keltirilgan ma'lumotlar bu zahirani o'z ichiga olmaydi.
Siyoh kartridjlarining texnik xususiyatlari va ko'rinishi yaxshilash maqsadida avvaldan xabardor qilmagan holda o'zgartirilishi mumkin.
Siyoh kartridjlarini qismlarga ajratmang yoki moslashtirmang, aks holda chop qilish me'yorida bo'lmasligi mumkin.
Printer bilan birga berilgan kartridjlardan almashtirish uchun foydalana olmaysiz.
Zarur boʻlgan holatlardan tashqari siyoh kartrijini chiqarmang va qayta oʻrnatmang. Agar u takror-takror chiqarilsa va qayta oʻrnatilsa, atrofga siyoh tushishi mumkin.
Hattoki vakuumli qadoqlash jarayoni sababli ayrim siyoh kartrijlari bosilib qolgan bo‘lsa ham siyoh sifati va miqdori kafolatlanadi va ulardan xavfsiz tarzda foydalanish mumkin. Eski kartrijni almashtirishga tayyor bo‘lmaguningizcha siyoh kartridji qadog‘ini ochmang.
Chop qilish golovkasining optimal darajada ishlashini ta'minlash uchun barcha kartrijlardagi siyohlar texnik xizmat ko'rsatish, masalan, chop qilish golovkasini tozalaganda ishlatiladi. Printerni o'chirganingizda ham siyoh ishlatiladi.
Monoxrom yoki kulrang rejimda chop qilganda qog'oz turi yoki chop qilish sifati parametrlariga bog'liq ravishda qora siyoh o'rniga rangli siyohlardan foydalanish mumkin. Bu qora rangni olish uchun rangli siyohlar aralashmasidan foydalanilishi tufaylidir.
Ko'rsatilgan chop qilinadigan sahifalar soni chop qilinayotgan tasvirlar, chop qilishda foydalanilayotgan qog'oz turi, chop qilishdan qanchalik ko'p foydalanilishi va harorat kabi atrof-muhit sharoitlariga bog'liq ravishda o'zgarishi mumkin.
Printer bilan birga berilgan siyoh kartridjlaridagi siyohdan dastlabki o'rnatish vaqtida qisman foydalaniladi. Yuqori sifatli chop qilishlarni ta'minlash maqsadida printerning chop qilish golovkasi siyoh bilan to'liq to'ldirib olinadi. Bu bir martalik jarayon ma'lum miqdordagi siyoh iste'mol qiladi va shuning uchun bu siyoh kartridjlari keyingi siyoh kartridjlariga qaraganda kamroq sahifaga yetishi mumkin.