MAC-manzilini filtrlashning o‘chirib qo‘yilganligini tekshiring. Agar u yoqib qo‘yilgan bo‘lsa, uning filtrlanmasligi uchun printerningMAC-manzilini ro‘yxatdan o‘tkazing. Batafsil ma’lumotlar olish uchun simsiz router bilan birga berilgan hujjatlarga qarang. Printerning MAC-manzilini tarmoq ulanishi hisobotining Network Status qismidan tekshirishingiz mumkin.
Agar simsiz routerning ulashilgan haqiqiylik tekshiruvi WEP xavfsizlik usulida yoqib qo’yilgan bo’lsa, haqiqiylik tekshiruvi kaliti va indeksning to‘g‘riligiga ishonch hosil qiling.
Agar simsiz routerdagi ulanish mumkin bo‘lgan qurilmalar soni o‘zingiz ulamoqchi bo‘lgan tarmoq qurilmalari sonidan kam bo‘lsa, ulash mumkin bo‘lgan qurilmalar sonini orttirish uchun simsiz routerda sozlamalarni o‘rnatishni bajaring. Sozlamalarni o‘rnatishni bajarish uchun simsiz router bilan birga berilgan hujjatlarga qarang.
Simsiz routerni oʻchiring. 10 soniyacha kuting va uni yoqing.
Yana printerning tarmoq sozlamalarini o‘rnatishni bajaring.