> Saqlash qurilmasidan foydalanish > Jildlar yaratish

Jildlar yaratish

Administrator yoki foydalanuvchi baham ko‘rilgan jild yaratishi mumkin. Biroq foydalanuvchi faqat Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Xotira sozlamalari > Umumiy jildga kirishni nazorat qilish > Kirish sozlamasi Ruxsat berilgan-ga va Boshqarish vakolati sozlamasi Foydalanuvchi-ga o‘rnatilganidagina baham ko‘rilgan jildlar yaratishi mumkin.

Foydalanuvchi Shaxsiy jild-ni yarata olmaydi.

  1. Printerning boshqaruv panelidagi Xotira tugmasini tanlang.

  2. -ni tanlang.

  3. Xotira sozlamalari ekranida har bir elementni o‘rnating.

    • Jild raqami: Foydalanilmagan raqamlar avtomatik tazrda tayinlanadi.
    • Jild Nomi (majburiy): 30 tagacha belgidan iborat bo‘lgan ixtiyoriy nom kiriting. Mavjud bo‘lgan nomni kiritishingiz mumkin.
    • Jild paroli: Jildni parol bilan himoyalash uchun o‘rnating. Parol o‘rnatganingizda fayllarni jildga saqlaganingizda, jilddagi fayllarni ko‘rganingizda yoki jild bilan ishlaganingizda sizdan parol so‘raladi.
    • Faylni avtomatik oʻchirish sozlamalari: Saqlangan faylni avtomatik tarzda o‘chirish yoki o‘chirmaslikni tanlang. Oʻchirishdan oldingi muddat-ni o‘rnatish uchun Yoniq-ni tanlang. Fayl so‘nggi marta foydalanilgan vaqtdan boshlab o‘rnatilgan vaqt o‘tganidan keyin fayllar avtomatik tarzda o‘chiriladi. Agar fayllardan foydalanilmagan bo‘lsa, ular saqlangan vaqtdan boshlab o‘rnatilgan vaqt o‘tganidan keyin o‘chiriladi. Foydalanuvchilar buni Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Xotira sozlamalari > Umumiy jildga kirishni nazorat qilish > Kirish sozlamasi Ruxsat berilgan-ga va Avtomatik oʻchirishni sozlash vakolati sozlamasi Foydalanuvchi-ga o‘rnatilganida o‘rnatishlari mumkin. Administratorlar buni Avtomatik oʻchirishni sozlash vakolati sozlamasidan qat’iy nazar o‘rnatishlari mumkin.