Nusxalarga old muqovalar qo‘shishga imkon beradi. Agar siz muqova uchun qog‘oz solgan bo‘lsangiz, Qog‘oz-da qog‘oz manbasini tanlang. Agar siz old muqovaga chop qilmoqchi bo‘lmasangiz, Chop etilmasin-da Chop etish rejimi-ni tanlang.
Orqa qopqoq
Nusxalarga ort muqovalar qo‘shishga imkon beradi. Agar siz muqova uchun qog‘oz solgan bo‘lsangiz, Qog‘oz-da qog‘oz manbasini tanlang. Agar siz orqa muqovaga chop qilmoqchi bo‘lmasangiz, Chop etilmasin-da Chop etish rejimi-ni tanlang.
Himoya qogʻozi
Nusxalar orasiga qo‘yilma varaqni qo‘ymoqchi bo‘lganingizda bu sozlamalarni ko‘rsating.
Ishning oxiri
Ishning har bir nusxasi uchun qo‘yilma varaqlarni qo‘yishga imkon beradi. Agar siz qo‘yilma varaqlar uchun qog‘oz solgan bo‘lsangiz, Qog‘oz-da qog‘oz manbasini tanlang.
Toʻplamning oxiri
Har bir to‘plam uchun qo‘yilma varaq qo‘yishga imkon beradi. Agar siz qo‘yilma varaqlar uchun qog‘oz solgan bo‘lsangiz, Qog‘oz-da qog‘oz manbasini tanlang. Siz yana Har bir toʻplamdagi varaqlar-da qo‘yilma varaqlar uchun qo‘yish oralig‘ini ko‘rsatishingiz mumkin.
Sahifa yoki qismning oxiri
O‘zingiz ularni qo‘ymoqchi bo‘lgan sahifalarda boblarmning qo‘yilma varaqlarini qo‘yish uchun sozlamalar o‘rnatishga imkon beradi. O‘rnatilgan qiymatlar saqlanadi va ro‘yxatda ko‘rsatiladi. Ro‘yxatdan sozlamani tanlash orqali sozlamalar tafsilotlarini tekshirishingiz mumkin. Siz yana sozlamani tahrirlashingiz yoki o‘chirishingiz mumkin.
Hujjat o‘lchami
Originalning o‘lchamini tanlang. Avtoaniqla tanlansa, originalning o‘lchami avtomatik ravishda aniqlanadi. Nostandart o‘lchamdagi asl nusxalarni nusxalashda, Boshqa-ni tanlang, va so‘ngra asl hajmini tanlang.
Aralash orig.
ADFga bir vaqtning o‘zida quyidagi o‘lchamlarni birga qo‘yish mumkin. A3 va A4; B4 va B5. Bu kombinatsiyalarni ishlatishda originallar o‘z o‘lchamida nusxalanadi. Originallarni quyida ko‘rsatilgan tarzda eni bo‘yicha tenglashtirib joylashtiring.
Yo‘nalish (Original)
Asl nusxaning yo‘nalganligini tanlang.
Kitob → 2 sah.
Broshyuraning ikkita yuz sahifasini alohida varaqqa nusxa ko‘chiradi.
Broshyuraning qaysi sahifasini skanerlashni tanlang.
Uzluksiz skan.
Katta sondagi asl nusxalarni to‘plamlar tarzida ADF-ga joylashtirishingiz va ularni bitta skanerlash ishi sifatida skanerlashingiz mumkin.
Tasvir sifati
Tasvir sozlamalarini rostlash.
Kontrast
Yorqin va qoramtir qismlarining farqini rostlash.
Rangning to‘yinganligi
Ranglarning jo‘shqinligini rostlash.
Qizil rang muvozanati, Yashil rang muvozanati, Ko‘k rang muvozanati
Har bir rangning zichligini rostlash.
Rangning ravshanligi
Tasvirning konturini rostlash.
Rang tusi
Terining tusini rostlash. Sovitish (yashilni oshirish) uchun “+” belgisini bosing, ilitish (qizilni oshirish) uchun “-” belgisini bosing.
Fonni olish
Fonning qoraligini tanlang. Fonni qoraytirish (oqartirish) uchun “+”-ga teging va uni oqartirish (qoraytirish) uchun “-”-ga teging.
Agar Avtomatik tanlansa, asl nusxalarning fon ranglari tanib olinadi va ular olib tashlanadi yoki avtomatik ravishda ochartiriladi. Agar fon rangi haddan tashqari qora bo‘lsa yoki aniqlanmasa, u to‘g‘ri qo‘llanmagan bo‘ladi.
Tikish hoshiya
Buklash holati, buklash kengligi va asl nusxa oriyentatsiyasi kabi sozlamalarni o‘rnating. Bu printerning texnik xususiyatlari tufayli qogʻoz chetidan 3 mm masofada nusxalay olmaysiz. Shuning uchun hatto tikish hoshiyasi 3 mm yoki undan kam boʻlsa ham, aslida 3 mm hoshiya boʻladi.
Siz yana quyidagi uchta menyudan buklash hoshiyasini qanday yaratishni ham tanlashingiz mumkin.
Muqova eni
Buklash kengligiga ko‘ra tasvirni siljitadi va nusxalaydi. Agar buklash hoshiyasinining teskari tomonidagi tasvir qog‘oz qirrasidan tashqariga cho‘zilsa, ma’lumotlar chop qilinmaydi.
Sig‘dirish
Qog‘oz o‘lchami doirasiga mos kelishi uchun buklash kengligiga ko‘ra skanerlangan tasvirni kichikroq o‘lchamda nusxalaydi. Agar Kichraytirish/Kattalashtirish qiymati qog‘oz o‘lchamidan kattaroq bo‘lsa, axborot qog‘ozdan tashqariga bosilishi mumkin.
Hoshiyadan chiqqan tasvirni oʻchirish
Buklash hoshiyasi kengligini ajratish uchun buklash hoshiyasi yaratilgan joyda tasvirni o‘chiradi.
Sig‘dirish
Skanerlangan tasvirni qog‘oz o‘lchamiga sig‘dirish uchun Kichraytir/kattartir qiymatidan ko‘ra kichikroq o‘lchamda nusxa oladi. Agar Kichraytir/kattartir qiymati qog‘oz o‘lchamidan kattaroq bo‘lsa, axborot qog‘ozdan tashqariga bosilishi mumkin.
Soyani olib tashlash
Asl nusxalardagi nusxalarda paydo bo‘luvchi soyalarni olib tashlaydi.
Hoshiya
Qalin qog‘ozni nusxalashda nusxalar atrofida paydo bo‘ladigan soyalarni olib tashlaydi.
O‘rta
Bukletni nusxalashda nusxalar markazida paydo bo‘ladigan soyalarni olib tashlaydi.
Teshiklarni olib t-sh
Nusxalashda qistirish teshiklarini olib tashlaydi.
ID karta nusxa
ID kartaning har ikkala tarafini skanerlaydi va qog‘ozning bir tomoniga nusxa ko‘chiradi.
Tasdiqlash nusxasi
Bir nechta nusxalarni olishda siz natijalarni tekshirish uchun bitta nusxa bilan boshlashingiz va keyin qolganlarini nusxalashingiz mumkin.
Chiqarish lotogi
Nusxa ko‘chirish uchun chiqarish lotogini tanlang. Bu menyu faqat tikish yakunlagichi o‘rnatilganda aks ettiriladi.
Shtamp
Shtamp
Nusxalaringizda muhrlarni chop qilish uchun Yoniq tugmasini tanlang.
Tur
Muhr turini tanlang.
Muhr joyi
Muhr o‘rnini tanlang.
Sahifa chop qilish
Muhrni qaysi sahifaga chop qilishni xohlashingizni tanlang.
O‘lchami
Muhr oʻlchamini tanlang.
Chop qilish rangi
Muhr rangini tanlang.
Shaffoflik
Muhrni shaffof qilush yoki qilmaslikni tanlang.
Sana shtampi
Sana shtampi
Nusxalaringizda sana muhrlarini chop qilish uchun Yoniq tugmasini tanlang.
Sana formati
Sana formatini tanlang.
Muhr joyi
Sana muhri oʻrnini tanlang.
O‘lchami
Sana muhri oʻlchamini tanlang.
Fon
Sana muhri fonini oq qilish yoki qilmaslikni tanlang. Agar Oq rangni tanlasangiz, ma’lumotlar uchun fon oq bo‘lmaganda sana muhrini tiniq ko‘rishingiz mumkin.
Sahifalarni raqamlash
Sahifalarni raqamlash
Nusxalaringizda sahifa raqamlarini chop qilish uchun Yoniq-ni tanlang.
Formati
Sahifa raqamlari uchun formatni tanlang.
Muhr joyi
Sahifa raqamlari uchun holatni tanlang.
Raqamlashni o‘zgartirish
Qaysi sahifaga sahifa raqamini chop qilishni xohlashingizni tanlang. Sahifa raqamin chop qilish boshlanadigan sahifani ko‘rsatish uchun Bosh sahifa raqami-ni tanlang. Birinchi chop qilish raqami-da boshlash sahifasi raqamini ko‘rsatishingiz ham mumkin.
O‘lchami
Raqam o‘lchamini tanlang.
Fon
Sahifa raqami fonini oq qilish yoki qilmaslikni tanlang. Agar Oq-ni tanlasangiz, asl nusxa uchun fon oq bo‘lmaganda sahifa raqamini tiniq ko‘rishingiz mumkin.
Faylni saqlash
Skanerlangan tasvirni saqlash qurilmasiga saqlashingiz mumkin.
Sozlama:
Skanerlangan tasvirni faqat saqlash qurilmasiga saqlash yoki saqlamaslikni tanlang.
Jild (majburiy):
Skanerlangan tasvirni saqlash uchun saqlash qurilmasini tanlang.
Fayl nomi:
Fayl nomini o‘rnating.
Fayl paroli:
Faylni tanlash uchun parol o‘rnating.
Foydalanuvchi nomi:
Foydalanuvchi nomini o‘rnating.
Chop qilish to‘plamlari
Nusxalarni guruhlarga tartiblash uchun sozlamalarni o‘rnatishga imkon beradi. Nusxalar soni, to‘plamlar soni va yakunlash opsiyalarini o‘rnatishingiz mumkin.
Qizil rangni o‘chirish
Asl nusxalardan o‘chirilgan qizil belgilar bilan nusxalar olish uchun tanlang.