Printerni o‘rnatish

  • Printerni yo‘lg‘iz o‘zingiz harakatlantirmang.

  • Printerni ochiq xavoga, ortiqcha kir yoki chang joylar, suv, issiqlik manbalari yaqiniga yoki tebranishlar, yuqori harorat yoki namlik ta’siriga uchraydigan joylarga joylashtirmang yoki bunday joylarda saqlamang.

  • Printerni barcha yo‘nalishlarda printer asosidan katta bo‘lgan tekis, barqaror yuzaga o‘rnating. Agar u burchak ostida qiyshaygan bo‘lsa, printer to‘g‘ri ishlamaydi.

  • Printerni harorati va namligi keskin o‘zgaruvchi joylarga joylashtirmang. Yana printerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushuvchi quyosh nurlari, kuchli yorg‘lik yoki issiqlik manbalari ta’sir qiladigan joylarga o‘rnatmang.

  • Printer ventilyatsiya teshiklari va tirqishlarini to‘sib yoki yopib qo‘ymang.

  • ADF Blokini (Hujjatlarni avtomatik uzatish bloki) to‘liq ko‘tara olishingiz uchun printer ustidan yetarli darajada joy qoldiring.

  • Printer oldida hamda chap va o‘ng tomonlarida chop qilish hamda texnik xizmat ko‘rsatish uchun yetarlicha joy qoldiring.

  • O'zgaruvchan tok ta'minot shnurining mahalliy xavfsizlik standartlariga javob berishiga ishonch hosil qiling. Faqat mahsulot bilan birga berilgan elektr kabelidan foydalaning. Boshqa kabeldan foydalanish yong‘in yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin. Ushbu mahsulotning elektr kabeli faqat shu mahsulot bilan foydalanishga mo‘ljallangan. Boshqa jihoz bilan birga foydalanish yong‘in yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

  • Faqat printer yorlig‘ida ko‘rsatilgan quvvat manbasi turidan foydalaning.

  • Printerni vilkani osongina uzish mumkin bo‘ladigan tarzda devordagi rozetkaga yaqin joylashtiring.

  • Muntazam ravishda o‘chib-yonib turuvchi nusxa ko‘chirish apparatlari yoki havo konditsionerlari bilan bita rozetkadan foydalanmang.

  • Devordagi pereklyuchatellar yoki avtomatik taymerlar tomonidan boshqariluvchi elektr rozetkalaridan foydalanmang.

  • Butun kompyuter tizimini dinamiklar yoki simsiz telefonlarning asosiy qurilmalari kabi elektromagnit halaqit manbalaridan uzoqroq saqlang.

  • Elektr ta’minot shnurlari ishqalanishlar, qirqilishlar, yemirilish, qisilish va buralish xavfi bo‘lmagan tarzda joylashtirilishi kerak. Elektr ta’minot shnurlari ustiga buyumlar qo‘ymang va ularni bosish yoki ustidan yugirib o‘tishlariga yo‘l qo‘ymang. Barcha quvvat ta’minot shnurlarining uchlarining to‘g‘ri bo‘lishiga ayniqsa alohida e‘tibor bering.

  • Agar siz printer bilan uzaytirma kabeldan foydalansangiz, uzaytirma kabelga ulangan qurilmalar jami tok kuchining uzaytirma kabel mo‘ljallangan tok kuchidan ortiq emasligiga ishonch hosil qiling. Yana devordagi rozetkaga ulangan qurilmalar jami tok kuchining rozetka mo‘ljallangan tok kuchidan ortiq emasligiga ishonch hosil qiling.

  • Agar siz printerdan Germaniyada foydalanmoqchi bo‘lsangiz, printerni mos qisqa tutashuv himoyasi va ortiqcha kuchlanishdan himoyalash bilan ta’minlash uchun o‘rnatish joyi 10 amper yoki 16 amperli zanjir uzgich bilan himoyalangan bo‘lishi kerak.