Ko‘chirish yoki ta’mirlash uchun printerni tashishingiz kerak bo‘lgan hollarda printerni qadoqlash uchun quyidagi qadamlarga amal qiling.
Printerni saqlaganda yoki tashiganda uni qiyshaytirmang, vertikal holda joylashtirmang yoki to'ntarmang; aks holda siyoh oqib ketishi mumkin.
Siyoh kartridjlarini o'rnatilgan holda qoldiring. Kartridjlarning olib qo'yilishi natijasida chop qilish golovkasi qurib qolishi va printerning chop qilmay qo'yishi yuz berishi mumkin.
Texnik xizmat ko'rsatish qutisini o'rnatilgan holda qoldiring; aks holda tashish vaqtida siyoh oqib ketishi mumkin.
Printerni ko'chirishga tayyorlashdagi bosqichlarni bajaring.
Agar ular o'rnatilgan bo'lsa, ixtiyoriy tortma va qog'oz kassetalarini bo'shating.
Ixtiyoriy tortma va qog'oz kassetalari bloklarini bo'shatganda o'rnatish jarayonini teskarisiga bajaring.
Printerni o‘z qutisiga solib, uni himoya materiallari bilan o‘rang.
Keyingi safar chop qilganingizda chop qilish sifati yomonlashsa, chop qilish golovkasini tozalang va tekislang.