ADFni tozalash

ADF-dagi nusxa olingan yoki skanerlangan tasvirlar kirlanganda yoki asl nusxalar ADF-ga to‘g‘ri uzatilmaganda ADF-ni tozalang.

Muhim:

Printerni tozalash uchun spirt yoki erituvchilardan foydalanmang. Bu kimyoviy moddalar printerni shikastlashi mumkin.

  1. ADF qopqog‘ini oching.

  2. Baraban va ADF ichki qismlarini tozalash uchun yumshoq, nam lattadan foydalaning.

    Muhim:
    • Quruq latta ishlatilsa, barabanga shikast yetishi mumkin.

    • Baraban quriganidan keyingina ADFni ishlating.

  3. ADF qopqog‘ini yoping, va keyin hujjat qopqog‘ini oching.

  4. Rasmda ko‘rsatilgan qismni tozalang.

    Kir qolmagunicha tozalashni takrorlang.

    Muhim:
    • Kirlarni tozalagandan keyin qolgan suyuqlikni artib tashlang.

    • Agar shisha yuza yog‘ yoki boshqa ketkazish qiyin bo‘lgan material bilan ifloslangan bo‘lsa, uni ketkazish uchun oz miqdorda shisha tozalagich va yumshoq lattadan foydalaning.

    • Shisha yuzani xaddan tashqari qattiq bosmang.

    • Shisha yuzasini tirnab qo‘ymaslik yoki shikastlamaslik uchun ehtiyot bo‘ling. Shikastlangan shisha yuzasi skanerlash sifatini pasaytirishi mumkin.