Qora siyoh kam qolganda va yetarlicha darajada rangli siyoh mavjud bo‘lganda qora rang hosil qilish uchun ranglar aralashmasidan foydalanish mumkin. Qora siyoh ta’minlagichi-ni almashtirguningizcha chop qilishni davom ettirishingiz mumkin.
Bu funksiyadan faqatgina printer drayverida quyidagi parametrlar tanlanganidagina foydalanish mumkin.
Qog‘oz turi: Tekis qog‘oz
Sifat: Standart
EPSON Status Monitor 3: Yoqilgan
Agar EPSON Status Monitor 3 o‘chirilgan bo‘lsa, printer drayveriga kiring, Kengaytirilgan sozlamalar panelida Texnik xizmat-ni tanlang va keyin EPSON Status Monitor 3 ni yoqish-ni tanlang.
Kompozit qora rang sof qora rangdan bir oz farq qiladi. Bundan tashqari chop qilish tezligi ham pasayadi.
Chop qilish golovkasining sifatini saqlab qolish uchun qora siyohdan ham foydalaniladi.
|
Opsiyalar |
Bayoni |
|---|---|
|
Ha |
Qora rangni hosil qilish uchun ranglar aralashmasidan foydalanish maqsadida tanlang. Bu oyna siz keyingi safar shunxa o‘xshash topshiriqni chop qilganingizda namoyish qilinadi. |
|
Yo‘q |
Qolgan qora siyohdan foydalanishni davom ettirish uchun tanlang. Bu oyna siz keyingi safar shunxa o‘xshash topshiriqni chop qilganingizda namoyish qilinadi. |
|
Bu xususiyat o‘chirilsin |
Qolgan qora siyohdan foydalanishni davom ettirish uchun tanlang. Qora siyoh ta’minlagichi almashtirilguncha bu oyna namoyish qilinmaydi va u yana kam qolgan holatda ishlaydi. |