Hujjatni ma’lum foizga kichiklashtirish yoki kattalashtirish mumkin.

Printer drayverining Asosiy panelida hujjat hajmini Hujjat o‘lchami sozlamasidan tanlang.
Siz chop qilishni xohlagan qog‘oz o‘lchamini Natijaviy qog‘oz sozlamasidan tanlang.
Miqyos-ni tanlang va keyin foizni kiriting. Agar siz Natijaviy qog‘oz sifatida Hujjat o‘lchami bilan bir xil ni tanlagan bo‘lsangiz, avval Hujjatni katta/kichraytirish ni tanlang.
Zarur hollarda Asosiy va Ko‘proq tanlamalar panellaridagi boshqa parametrlarni o‘rnating va keyin OK-ni cherting.
Chop qilish-ni cherting.