O‘zingizning tez-tez foydalaniluvchi chop qilish sozlamalari uchun avvaldan o‘rnatgan qiymatlaringizni qo‘shishingiz yoki olib tashlashingiz mumkin. Ro‘yxatdan o‘zingiz foydalanmoqchi bo‘lgan avvaldan o‘rnatilgan sozlama qiymatini tanlang.
Sozlamalarni ko‘rsatish/Sozlamalarni berkitish
Hozirda Asosiy va Ko‘proq tanlamalar panellarida o‘rnatilgan elementlar ro‘yxatini namoyish qiladi. Joriy sozlamalar ro‘yxati ekranini ko‘rsatish yoki yashirishingiz mumkin.
Parametrlarni asliga qaytarish
Barcha sozlamalarni ularning zavoddagi sukut bo‘yicha qiymatlariga qaytaradi. Asosiy panelidagi sozlamalar ham o‘zlarining sukut bo‘yicha qiymatlariga qayta o‘rnatiladi.
Vazifa turi
Chop etishda maxfiy hujjatlarni himoya qilish uchun parol o‘rnatish uchun Maxfiy ish -ni tanlang. Agar siz ushbu xususiyatdan foydalansangiz, chop qilish ma’lumotlari printerda saqlanadi va faqat printerning boshqaruv paneli yordamida parol kiritilgandan so‘ng chop etilishi mumkin. Sozlamalarni o‘zgartirish uchun Sozlamalarni cherting.
Rangni to‘g‘rilash
Avtomatik
Rasmlarning tusini avtomatik ravishda sozlaydi.
Noodatiy
Qo‘lda ranglarni tuzatishni bajarishga imkon beradi. Qo‘shimcha-ni chertish Rangni to‘g‘rilash ekranini ochadi va bu ekranda rangni moslashtirishning batafsil usulini tanlashingiz mumkin. Tasvir tanlamalari tugmachasini chertganingizda sizga Rangli universal bosma usulini belgilash hamda matn va ingichka chiziqlarni ta’kidlash imkonini beradi. Chekkasini silliqlash va Qizil ko‘zni tuzat funksiyalarini ham yoqishingiz mumkin.
Qo‘shimcha sozlamalar
Suvsimon belgi xususiyatlari
Nusxa ko‘chirishga qarshi belgilar, suv belgilari yoki yuqori kolontitul va quyi kolontitullar uchun sozlamalarni o‘rnatishga imkon beradi.
Qo‘shish/O‘chirish
O‘zingiz foydalanmoqchi bo‘lgan nusxa ko‘chirishga qarshi namunalar yoki suv belgilarini qo‘shish yoki olib tashlashga imkon beradi.
Sozlamalar
Nusxa ko‘chirishga qarshi namunalar yoki suv belgilari uchun chop qilish usulini o‘rnatishga imkon beradi.
Sarlavha/Taglavha
Yuqori yoki quyi kolontitullarda foydalanuvchi nomi va chop etish sanasi kabi ma’lumotlarni chop etishingiz mumkin.
180° ga aylantirish
Chop etishdan oldin sahifalarni 180 darajaga aylantiradi. Konvertlar kabi printerda ma’lum belgilangan yo‘nalishda kiritiladigan qog‘ozlarni chop qilishda bu bandnbi tanlang.
Ikki yo‘nalishda chop qilish
Chop qilish kallagi har ikkala yo‘nalishda harakatlanganda chop qiladi. Chop qilish tezligi tezroq, biroq sifati pasayishi mumkin.
Rasmni akslantirish
Tasvirni u huddi ko‘zguda ko‘ringani kabi chop qilinishi uchun aylantiradi.
Sokin rejim
Printerdan chiqadigan shovqinni pasaytiradi. Biroq buni yoqish chop qilish tezligini pasaytirishi mumkin.