> Administrator axboroti > Printerni boshqarish > Mikrodasturni yangilash > Printer mikrodasturini avtomatik tarzda yangilash

Printer mikrodasturini avtomatik tarzda yangilash

Mirodasturni printer internetga ulanganida avtomatik tarzda yangilanishga o‘rnatishingiz mumkin.

Panel qulfi yoqilganda, faqat administrator ushbu funktsiyani bajarishi mumkin. Yordam olish uchun printer ma’muriga murojaat qiling.

  1. Printerning boshqaruv panelidagi Sozlamalar tugmasini tanlang.

  2. Umumiy sozlamalar > Tizim boshqaruvi > Mikrodastur yangi-shi-ni tanlang.

  3. Sozlamalari ekranini ko‘rsatish uchun Mikrodasturni avtomatik yangilash bandini tanlang.

  4. Bu xususiyatni yoqish uchun Mikrodasturni avtomatik yangilash bandini tanlang.

    Sozlamalar ekraniga qaytish uchun tasdiqlash ekranida Qabul qilish bandini tanlang.

  5. Yangilash uchun kun va vaqtni o‘rnating va keyin OK tugmasini bosing.

    Eslatma:

    Haftaning bir necha kunini tanlashingiz mumkin, biroq haftaning har bir kuni uchun vaqtni ko‘rsata olmaysiz.

Serverga bo‘lgan ulanish tasdiqlanganida o‘rnatish yakunlanadi.

Muhim:
  • Yangilash nihoyasiga yetmagunicha printerni o‘chirmang yoki rozetkadan uzmang. Keyingi safar printerni yoqqaningizda LCD ekranda "Recovery Mode" ko‘rsatilishi va printerni boshqara olmasligingiz mumkin.

  • Agar "Recovery Mode" ko‘rsatilsa, mikrodasturni yana yangilash uchun quyidagi qadamlarni bajaring.

    1. Kompyuter bilan printerni USB kabeli bilan ulang. (Tarmoq orqali qayta tiklash rejimida yangilashlarni bajara olmaysiz.)

    2. Epson veb-saytidan so‘nggi mikrodasturni yuklab oling va yangilashni boshlang. Batafsil ma’lumotlar olish uchun yuklab olish sahifasidagi “Yangilash usuli” bo‘limiga qarang.

Eslatma:

Siz Web Config ilovasidan mikfodasturni avtomatik tarzda yangilashga o‘rnatishingiz mumkin. Device Management paneli > Mikrodasturni avtomatik yangilash bandini tanlang, sozlamalarni yoqing va keyin hafta kuni va vaqtni o‘rnating.