Chop qilish kallagini tekshirish va tozalash

Agar uchliklar tiqilib qolgan boʻlsa, chop qilingan narsalarning rangi och bo‘ladi, ko‘zga ko‘rinarli polosalar yoki kutilmagan ranglar paydo bo‘ladi. Agar soplolar o‘ta tiqilib qolgan bo‘sa bo‘sh qog‘oz chop qilinadi. Chop qilish sifati pasayganda soplolarning tiqilib qolmaganligini tekshirish uchun avval chop qilish sifati pasayganda soploni tekshirish funsksiyasidan foydalaning. Agar soplolar tiqilib qolgan bulsa, chop qilish kallagini tozalang.

Muhim:
  • Kallakni tozalash paytida siyoh ta’minlagichi qopqog‘ini ochmang yoki printerni o‘chirmang. Agar golovkani tozalash tugallanmagan bo‘lsa, chop qila olmasligingiz mumkin.

  • Chop qilish golovkasini tozalash ma’lum miqdorda siyohdan foydalanganligi tufayli uni siyoh kam qolganda bajarib bo‘lmasligi mumkin.

  • Agar uchlikni tekshirish va chop qilish kallagini tozalashni 4 marta takrorlagandan keyin ham chop qilish sifati yaxshilanmasa, chop qilmasdan kamida 6 soat kuting va yana bir marta uchlikni tekshirishni ishga tushiring va zarur hollarda kallakni tozalashni takrorlang. Biz tugmasidan foydalanib printerni o‘chirishni tavsiya qilamiz. Agar chop qilish sifati baribir yaxshilanmasa, Kuchli tozalash funksiyasini ishga tushiring.

  • Chop qilish kallagining qurib qolishining oldini olish uchun yoqilgan holda printerni rozetkadan uzmang.

Siz printerning boshqaruv paneli yordamida chop qilish kallagini tekshirishingiz va tozalashingiz mumkin.

  1. Printerning boshqaruv panelidagi Sozlamalar tugmasini tanlang.

  2. Qarov > Kallak uchini tekshirishni tanlang.

  3. Uchlikni tekshirish namunasini chop etish uchun ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling.

  4. Chop qilish kallagi soplolarining tiqilib qolmaganligini tekshirish uchun chop qilingan namunalarni tekshiring.

    • A:
      Barcha chiziqlar chop qilingan. -ni tanlang. Boshqa qadamlarni bajarish talab qilinmaydi.
    • B yoki B -ga yaqin
      Ba¹zi soplolar tiqilib qolgan. ni tanlang, va keyin keyingi ekrandagi Chop etish kallagini tozalash-ni tanlang.
    • C yoki C -ga yaqin
      Agar ko‘pchilik qatorlar yo‘q bo‘lsa yoki chop qilinmagan bo‘lsa, bu ko‘pchilik soplolar tiqilib qolganligini ko‘rsatadi. Kuchli tozalash-ni ishga tushiring.
  5. Chop etish kallagini tozalash nihoyasiga yetgandan keyin yana soploni tekshirish namunasini chop qiling. Barcha chiziqlar to‘liq chop qilingunicha tozalash va chop qilishni takrorlang.