Bu menyuni quyidagi printer boshqaruv panelidan topishingiz mumkin.
Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Faks sozlamalari > Qabul sozlamalari > Saqlash/Uzatish sozlamasi > Shartsiz saqlash/yo‘naltirish
Web Config ekranida quyidagi menyuni topishingiz mumkin.
Fax paneli > Save/Forward Settings > Unconditional Save/Forward
Saqlash va yo‘naltirish manzillarini Kiruvchi, kompyuter, tashqi xotira qurilmasi, elektron pochta manzillari, baham ko‘rilgan jildlar va boshqa faks mashinalariga o‘rnatishingiz mumkin. Bu xususiyatlardan bir vaqtda foydalanishingiz mumkin. Agar barcha elementlarni Shartsiz saqlash/yo‘naltirish da o‘chirib qo‘ysangiz, printer olingan fakslarni chop qilishga o‘rnatiladi.
| Shartsiz saqlash/yo‘naltirish: | |||||||||
| Kiruvchi fakslarga saqlash |
Olingan fakslarni printerning Kiruvchi jildida saqlaydi. 200 tagacha hujjatni saqlash mumkin. Saqlangan hujjatlarning hajmi va bir vaqtning o‘zida ko‘plab faksni saqlash xususiyatlaridan foydalanish kabi holatlar tufayli 200 ta hujjatni saqlashning iloji bo‘lmasligi mumkinligini yodda tuting. Garchi olingan fakslar avtomatik ravishda chop qilinmasa ham siz ularni printer ekranida ko‘rishingiz va keraklilarini chop qilishingiz mumkin. Biorq agar siz Ha, chop etilsin-ni, jumladan Shartsiz saqlash/yo‘naltirish dagi Kompyuterga saqlash ni tanlasangiz, olingan fakslar avtomatik ravishda chop qilinadi. |
||||||||
| Kompyuterga saqlash |
Olingan fakslarni printerga ulangan kompyuterga PDF yoki TIFF fayllari sifatida saqlaydi. Siz buni FAX Utility (ilova) dan foydalanib faqat Ha ga o‘rnatishingiz mumkin. Buni printer boshqaruv panelidan yoqa olmaysiz. Kompyuterda FAX Utility ni oldindan o‘rnating. Buni Ha ga o‘rnatgandan keyin siz printer boshqaruv panelidan buni Ha, chop etilsin ga o‘zgartirishingiz mumkin. |
||||||||
| Xotira qurilmasiga saqlash | |||||||||
| Xotira qurilmasiga saqlash |
Olingan fakslarni printerga ulangan tashqi xotira qurilmasiga PDF yoki TIFF fayllari sifatida saqlaydi. Ha, chop etilsin tanlanganda olingan fakslar xotira qurilmasiga saqlanish vaqtida chop qilinadi. Olingan hujjatlar printerga ulangan xotira qurilmasiga saqlanishidan oldin printerning xotirasida vaqtinchalik saqlanadi. Xotira to‘lganligi xatosi faks yuborish yoki olishga imkon bermasligi tufayli, printerga doim xotira qurilmasi ulanib tursin.
|
||||||||
| Boshqaga uzatish | |||||||||
| Boshqaga uzatish |
Olingan fakslarni quyidagi ko‘zlangan manzillarga yo‘naltiradi.
Yo‘naltirilgan fakslar printerdan o‘chirib tashlanadi. Ha, chop etilsin tanlanganda olingan fakslar ularni yo‘naltirish vaqtida chop qilinadi. E-pochta manzili yoki tarmoqdagi baham ko‘rilgan jildga yo‘naltirish uchun avval yo‘naltirish manzilini kontaktlar ro‘yxatiga qo‘shing. E-pochta manziliga yo‘naltirish uchun e-pochta serveri sozlamalarini sozlang. Bulut hisobiga yo‘naltirish uchun foydalanuvchi, printer va bulut manzilini Fax to Cloud > Destination List in Epson Connect da ro‘yxatga oling va avvaldan printer boshqaruv panelida yo‘naltirish manzilini Bulut Moʻljallangan roʻyxat ga qo‘shing. |
||||||||
| Manzil |
Yo‘naltirish manzillarini o‘zingiz avvaldan qo‘shgan kontaktlar ro‘yxatidan yoki bulutdagi ko‘zlangan manzillar ro‘yxatidan tanlashingiz mumkin. Yo‘naltirish manzili sifatida tarmoqdagi baham ko‘rilgan jild, e-pochta manzili yoki bulutdagi hisobni tanlagan bo‘lsangiz, tasvirni manzilga yuborish mumkinligini sinab ko‘rishni maslahat beramiz. Fakslarni qabul qilish uchun yo‘naltirish sozlamalarini o‘rnatish |
||||||||
| Uzatilmagandagi opsiyalar |
Xatolikka uchragan faksni chop qilish yoki uni Kiruvchi-ga saqlashni tanlashingiz mumkin. Kiruvchi to‘lsa, faks olish mumkin bo‘lmaydi. Kiruvchi jilddagi hujjatlar tekshirib bo‘linganidan keyin ularni o‘chirib tashlashingiz lozim. Yo‘naltirish amalga oshmagan hujjatlar soni boshqa tugallanmagan vazifalar bilan birga bosh ekrandagi |
||||||||
| E-pochta bildirishnomalari |
Siz quyida tanlagan jarayon yakunlanganida elektron xat bildirishnomalarini yuboradi. Bu xususiyatlardan bir vaqtning o‘zida foydalanishingiz mumkin. |
||||||||
| Oluvchi |
Jarayon yakunlanganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma ko‘zlangan manzilni o‘rnating. |
||||||||
| Olingach xabar ber |
Faksni olish yakunlanganida bildirishnoma yuboradi. |
||||||||
| Chop etilgach xabar ber |
Faksni chop qilish yakunlanganida bildirishnoma yuboradi. |
||||||||
| Xotiraga saqlangach xabar ber |
Faksni xotira qurilmasiga saqlash yakunlanganida bildirishnoma yuboradi. |
||||||||
| Yo‘naltirish tugagach xabar ber |
Faksni yo‘naltirish yakunlanganida bildirishnoma yuboradi. |
||||||||