Kirishni boshqarishni yoqqanda faqat ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar printerdan foydalana oladilar.
Access Control Settings yoqilganida foydalanuvchini uning hisob ma’lumotlari to‘g‘risida xabardor qilishingiz kerak.
Kompyuterdan chop qilayotganda, mijoz kompyuterida printer foydalanuvchi ma’lumotlarini o‘rnating.
Web Config-ga kirish uchun printerning IP-manzilini brauzerga kiriting.
Printer bilan bitta tarmoqqa ulangan kompyuterdan printer IP-manzilini kiriting.
Quyidagi menyuda printerning IP-manzilini tekshirish mumkin.
Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Tarmoq sozlamalari > (Standart) > Tarmoq holati > Simli LAN/Wi-Fi holati
Administrator sifatida kirish uchun administrator parolini kiriting.
Quyidagi tartibda tanlang.
Product Security paneli > Access Control Settings > Basic
Enables Access Control-ni tanlang.
Agar siz Kirishni boshqarishni yoqsangiz va autnetifikatsiya ma’lumotlariga ega bo‘lmagan smart qurilmalardan chip qilish yoki skanerlashni xohlasangiz, Allow printing and scanning without authentication information from a computer ni tanlang.
Epson'ning Windows printer drayveri foydalanuvchi ma’lumotlarini oldindan o‘rnatish imkonini beradi. Mac OS operatsion tizimida har safar chop etishda foydalanuvchi ma’lumotlarini kiritishingiz kerak.
OK-ni cherting.
Ma’lum vaqtdan keyin yakunganlik haqidagi xabar ko‘rsatiladi.
Nusxalash va skanerlash kabi ikonkalarning printer boshqaruv panelida kulrang rangda ko‘rsatilganligini tasdiqlang.