Qog‘oz kassetalari bloklarini o‘rnatish

3 tagacha qog‘oz kassetasi o‘rnatish mumkin.

Diqqat:
  • O‘rnatishni boshlashdan oldin printerni o‘chiring, undan elektr kabelini chiqarib oling va har qanday kabellarni uzib qo‘ying. Aks holda elektr kabeliga shikast yetib, yong‘in chiqishi yoki tok urishi mumkin.

  • Printerni ko‘targanda qo‘llaringizni quyida ko‘rsatilgan tarzda qo‘ying. Agar printerni boshqacha tarzda ko‘tarsangiz, printer tushib ketishi yoki yerga qo‘yayotganda barmog‘ingizni qisib qolishi mumkin.

Muhim:

Printer stendi yoki shkafni ishlatayotgan bo‘lsangiz, uni avvaldan qog‘oz kassetasi bloki tagiga o‘rnatib oling.

  1. tugmasini bosish orqali printerni o‘chiring, keyin rozetkadan sug‘uring.

  2. Ulangan kabellarni uzib qo‘ying.

    Eslatma:

    Agar boshqa qog‘oz kassetalari bloklari o‘rnatilgan bo‘lsa, ularni ham ajratib qo‘ying.

  3. Qog‘oz kassetasi blokini qutisidan olib quying va barcha himoya materiallarini olib tashlang.

  4. To‘plamdagi narsalarni tekshirib ko‘ring.

  5. Qog‘oz kassetasi blokini printerni o‘rnatmoqchi bo‘lgan joyga joylashtiring.

  6. Qora siyoh va qog‘oz kassetasini olish uchun siyohni yetkazib berish blogining lotogini tortib oling.

  7. Bir nechta qog‘oz kassetasi ishlatsangiz, barchasini ustma-ust qo‘yib, keyin ularni vintlar bilan qotiring.

  8. Printerni ohistalik bilan qog‘oz kassetasi bloki ustiga pasaytirib, chetlarini to‘g‘rilang, keyin ularni vintlar bilan qotiring.

    Eslatma:

    Yig‘ishdan keyin bir nechta vint ortib qoladi.

  9. Qog‘oz kassetasi bloki va printerni orqa tomonga biriktirgich va vintlar bilan qotiring.

  10. Kassetaga solinadigan qog‘oz o‘lchamini ko‘rsatadigan belgini ushlagichga kirgizing.

  11. Qora siyoh va qog‘oz kassetasini olish uchun siyohni yetkazib berish blogining lotogini kiriting.

  12. Kasseta raqamini ko‘rsatadigan stikerni yopishtiring.

  13. Elektr kabeli va boshqa kabellarni joyiga ulab, printerni tokka ulang.

  14. tugmasini bosish orqali printerni yoqing.

  15. tugmasini bosing, o‘rnatilgan qog‘oz kassetasi bloki Qog‘oz ekranida ko‘rsatilishi kerak.

    Eslatma:

    Qog‘oz kassetasi blokini olib tashlashda printerni o‘chiring, elektr kabelini uzing, barcha kabellarni uzing va o‘rnatish jarayonini teskarisiga bajaring.

Printer drayverini sozlang.