Asosiy SSL/TLS sozlamalarini sozlash

Agar printer HTTPS server xususiyatini qo‘llab-quvvatlasa, siz aloqalarni shifrlash uchun SSL/TLS aloqasidan foydalanishingiz mumkin. Xavfsizlikni ta’minlashda siz printerni Web Config -dan foydalanib sozlashingiz va boshqarishingiz mumkin.

Shifrlash kuchi va qayta yo‘naltirish xususiyatini sozlang.

  1. Web Config-ga kirish uchun printerning IP-manzilini brauzerga kiriting.

    Printer bilan bitta tarmoqqa ulangan, o‘zingiz kompyuterdan sozlamoqchi bo‘lgan (standart/qo‘shimcha) tarmoqning IP-manzilini kiriting.

    Quyidagi menyuda printerning IP-manzilini tekshirish mumkin.

    Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Tarmoq sozlamalari > (Standart yoki Qoʻshimcha) > Tarmoq holati > Simli LAN/Wi-Fi holati

  2. Administrator sifatida kirish uchun administrator parolini kiriting.

  3. Quyidagi tartibda tanlang.

    Network Security paneli > SSL/TLS > Basic

  4. Har bir element uchun qiymatni tanlang.

    • Encryption Strength
      Shifrlash kuchi darajasini tanlang.
    • Redirect HTTP to HTTPS
      Yoqish yoki o‘chirib qo‘yishni tanlang. Sukut bo‘yicha qiymay “Enable” ga teng.
    • TLS 1.0
      Yoqish yoki o‘chirib qo‘yishni tanlang. Sukut bo‘yicha qiymay “Disable” ga teng.
      Bu element qo‘shimcha tarmoqlar uchun ko‘rsatilmaydi.
    • TLS.1.1
      Yoqish yoki o‘chirib qo‘yishni tanlang. Sukut bo‘yicha qiymay “Disable” ga teng.
      Bu element qo‘shimcha tarmoqlar uchun ko‘rsatilmaydi.
    • TLS.1.2
      Yoqish yoki o‘chirib qo‘yishni tanlang. Sukut bo‘yicha qiymay “Enable” ga teng.
      Bu element qo‘shimcha tarmoqlar uchun ko‘rsatilmaydi.
  5. Next-ni cherting.

    Tasdiqlash xabari ko‘rsatiladi.

  6. OK-ni cherting.

    Printer yangilandi.