Printer drayveri dasturdan olingan buyruqlarga ko‘ra printerni boshqaradi. Printer drayveridagi parametrlarni sozlash eng yaxshi chop qilish sifati bilan ta’minlaydi. Yana printer drayveri yordamchi dasturidan foydalangan holda printer holatini tekshirish yoki eni eng yaxshi ishlash holatida saqlash ham mumkin.
Printer drayveri tilini o‘zgartirishingiz mumkin. Til panelidagi Texnik xizmat parametrida o‘zingiz foydalanmoqqchi bo‘lgan tilni tanlang.
Faqat o‘zingiz foydalanayotgan dasturga qo‘llaniladigan parametrlarni o‘rnatish uchun o‘sha dasturdan kiring.
Fayl menyusidan Chop qilish yoki Chop qilishni o‘rnatish-ni tanlang. Printerni tanlang va keyin Afzalliklar yoki Xususiyatlar-ni cherting.
Ishlashi dasturga bog‘liq ravishda farq qiladi. Batafsil ma’lumotlar olish uchun dastur yordamiga qarang.
Barcha dasturlarga qo‘llaniladigan parametrlarni o‘rnatish uchun quyidagi qadamlarni bajaring.
Windows 11
Start tugmasini bosing va keyin Sozlamalar > Bluetooth va qurilmalar > Printerlar va skanerlar bandini tanlang. Printerga bosing va keyin Printer xususiyatlari-ni tanlang.
Windows 10/Windows Server 2022/Windows Server 2019/Windows Server 2016
Start tugmasini cherting va keyin Apparat vositalar va tovush-da Windows tizimi > Boshqaruv paneli > Qurilmalar va printerlarni ko‘rish-ni tanlang. Printerga o‘ng tugmani bosing yoki uni bosing va ushlab turing va keyin Chop qilish afzalliklari-ni tanlang.
Windows 8.1/Windows 8/Windows Server 2012 R2/Windows Server 2012
Apparat vositalar va tovush-da Ish stoli > Sozlanmalar > Boshqaruv paneli > Qurilmalar va printerlarni ko‘rish-ni tanlang. Printerga o‘ng tugmani bosing yoki uni bosing va ushlab turing va keyin Chop qilish afzalliklari-ni tanlang.
Windows 7/Windows Server 2008 R2
Start tugmasini cherting va Apparat vositalar va tovush-da Boshqaruv paneli > Qurilmalar va printerlarni ko‘rish-ni tanlang. Printerga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va Chop qilish afzalliklari-ni tanlang.
Windows Server 2008
Start tugmasini bosing va Apparat vositalar va ovoz boʻlimida Boshqaruv paneli > Printerlar bandini tanlang. Printerga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va Chop qilish afzalliklari-ni tanlang.
Ish stolidagi vazifalar panelidagi printer tasvirchasi printer drayveriga tez kirishga imkon beruvchi yorliq tasvirchadir.
Agar siz printer tasvirchasiga chertsangiz va Printer sozlamalari-ni tanlasangiz, boshqaruv panelida namoyish qilingani singari printer parametrlari oynasiga kirishingiz mumkin. Bu tasvirchaga ikki marta chertish orqali printer holatini tekshirish mumkin.
Agar printer tasvirchasi vazifalar panelida namoyish qilinmasa, printer drayveri oynasiga kiring, Kuzatuv sozlamalari panelidagi Texnik xizmat-ni cherting va keyin Yorliq tasvirchasini vazifalar satrida qayd qilish-ni tanlang.
Printer drayveri oynasiga kiring. Texnik xizmat panelini cherting.