> Muhim ko'rsatmalar > Chop qilish bo'yicha maslahatlar va ogohlantirishlar > Qo‘shimcha tortmadan foydalanishga oid maslahat va ogohlantirishlar

Qo‘shimcha tortmadan foydalanishga oid maslahat va ogohlantirishlar

  • Bu tortma faqatgina printerning va qo‘shimcha qog‘oz kassetalarining tagiga o‘rnatishga mo‘ljallangan. Mos keluvchi printer va qog‘oz kassetalaridan boshqa uskunalarni o‘rnatmang.

  • Tortma ustiga chiqmang, unga og‘ir buyumlarni qo‘ymang.

  • Har ikkala taglik ham mahkam biriktirilganiga ishonch hosil qiling, aks holda printer tushib ketishi mumkin.

  • Printer yoki qo‘shimcha qog‘oz kassetasini tortmaga ikkita moslama va vintlar yordamida mahkamlang.

  • Printerni ishlatayotganda tortmaning old tarafidagi roliklarni qulflab qo‘ying.

  • Roliklar qulflab qo‘yilgan holatda tortmani siljitmang.

  • Tortmani ustiga printer yoki qo‘shimcha qog‘oz kassetasi o‘rnatilgan holda siljitayotganda notekis yoki g‘adir-budur joylardan o‘tkazmang.