Ethernetga ulanish

Ethernet kabeli orqali printerni tarmoqqa ulang va ulanishni tekshiring.

Agar siz printerdagi sozlamalarni Taqiqlash funksiyasi yoqilgan holda o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, administrator sifatida kirishingiz kerak.

Qulflangan menyuga kirishda sizdan administrator parolini kiritish so‘raladi.

  1. Printer va aloqa tugunini (LAN kommutator) Ethernet kabeli orqali ulang.

  2. Bosh ekranda Sozlamalar rukniga kiring.

  3. Umumiy sozlamalar > Tarmoq sozlamalari > Aloqani tekshirish rukniga kiring.

    Ulanish tashxisi natijalari koʻrinadi. Ulanish toʻgʻriligini tasdiqlang.