> Bu hollarda > Qog‘ozni tashish va saqlash

Qog‘ozni tashish va saqlash

Printerni ko‘chirganda yoki ta’mirlaganda printerni saqlashingiz yoki tashishingiz kerak bo‘lgan hollarda printerni qadoqlash uchun quyidagi qadamlarga amal qiling.

Diqqat:
  • Printerni tashiyotganda uni mahkam turgan holatda ko‘taring. Printerni beqaror holatda turib ko‘tarsangiz, jarohat olishingiz mumkin.

  • Printer og‘ir bo‘lganligi sababli, uni o‘ramdan ochish va tashishda kamida ikkita odam ko‘tarishi kerak.

  • Printerni ko‘targanda kamida ikki kishi quyida ko‘rsatilgani kabi to‘g‘ri holatda turishlari kerak. Agar u o‘rnatilgan bo‘lsa, qo‘shimcha qog'oz qabul qilish kassetasi bloki va tortmani olib tashlang. Agar printerni boshqacha tarzda ko‘tarsangiz, printer tushib ketishi yoki yerga qo‘yayotganda barmog‘ingizni qisib qolishi mumkin.

  • Printerni tashiyotganda 10 darajadan ortiqroqqa egmang, aks holda yiqilib ketishi mumkin.

Muhim:
  • Printerni saqlaganda yoki tashiganda uni qiyshaytirmang, vertikal holda joylashtirmang yoki to'ntarmang; aks holda siyoh oqib ketishi mumkin.

  • siyoh ta’minoti bloklari ni o‘rnatilgan holda qoldiring. siyoh ta’minoti bloklari ni olib qo‘yilishi natijasida chop qilish golovkasi qurib qolishi va printerning chop qilmay qo‘yishi yuz berishi mumkin.

  1. tugmasini bosish orqali printerni o‘chiring.

  2. Quvvat chirog‘ining o‘chganligiga ishonch hosil qiling va ta’minot shnurini rozetkadan uzing.

    Muhim:

    Quvvat chirog‘i o‘chganda ta’minot shnurini rozetkadan uzing. Aks holda qiyohning qurib qolishiga olib kelgan holda chop qolish kallagi boshlang‘ich holatga qaytmasligi va chop qilish mumkin bo‘lmay qolishi mumkin.

  3. Ta’minot shnuri va USB kabel singari barcha kabellarni uzing.

  4. Agar printer tashqi xotira qurilmalarini qo‘llab-quvvatlasa, ularning ulanmaganligiga ishonch hosil qiling.

  5. Printerdan barcha qog‘ozlarni olib qo‘ying.

  6. Printer qopqog‘ini oching. Chop qilish kallagini tasma bilan korpusta mahkamlang.

  7. Printer qopqog‘ini yoping.

  8. Siyoh qopqog‘ini oching.

    Agar siyoh qopqog‘i qulglangan bo‘lsa, uni ocha olmaysiz. Siyoh qopqog‘i qulfini oching.

  9. Birga berilgan himoya materialini lotok ochila olinmasligi uchun tasma bilan biriktirish orqali siyoh lotogini mahkamlang.

  10. Siyoh qopqog'ini yoping.

  11. Agar u o‘rnatilgan bo‘lsa, qo‘shimcha qog'oz qabul qilish kassetasi bloki va tortmani olib tashlang.

  12. Quyida ko‘rsatilgani kabi printerni qadoqlashga tayyorlang.

  13. Chiqarish lotogini printerdan chiqarib oling.

  14. Printerni o‘z qutisiga solib, uni himoya materiallari bilan o‘rang.

Printerdan yana foydalanganingizda printer kallagini mahkamlab tirgan tasmani va siyoh lotogiga biriktirilgan himoya materialini albatta olib tashlang. Keyingi safar chop qilganingizda chop qilish sifati yomonlashsa, chop qilish kallagini tozalang va tekislang.