Wi-Fi Direct (Oddiy KN) ulanishi yoqilganida Wi-Fi > Wi-Fi Direct > Sozlashni boshlash >
dan sozlamalarni o‘zgartirishingiz mumkin va keyin quyidagi menyu elementlari namoyish qilinadi.
Printerga ulashda foydalaniladigan Wi-Fi Direct (Oddiy KN) tarmoq nomini (SSID) istalgan nomga o‘zgartiring. Tarmoq nomini (SSID) boshqaruv panelidagi dasturiy klaviaturada ko‘rsatiladigan ASCII belgilarida o‘rnatishingiz mumkin. 22 tagacha belgini kiritishingiz mumkin.
Tarmoq nomini (SSID) o‘zgartirishda barcha ulangan qurilmalar uziladi. Agar qurilmalarni qaytadan ulamoqchi bo‘lsangiz, yangi tarmoq nomidan (SSID) foydalaning.
Printerga ulashda foydalaniladigan Wi-Fi Direct (Oddiy KN) parolini istalgan qiymatga o‘zgartiring. Parolni boshqaruv panelidagi dasturiy klaviaturada ko‘rsatiladigan ASCII belgilarida o‘rnatishingiz mumkin. 8 tadan 22 tagacha belgini kiritishingiz mumkin.
Parolni o‘zgartirishda barcha ulangan qurilmalar uziladi. Agar qurilmalarni qaytadan ulamoqchi bo‘lsangiz, yangi paroldan foydalaning.
Printerni ulash uchun foydalaniluvchi Wi-Fi Direct chastotalar diapazonini o‘zgartiring. Siz 2,4 GHz yoki 5 GHz ni tanlashingiz mumkin.
Chastotalar diapazonini o‘zgartirishda barcha ulangan qurilmalar uziladi. Qurilmani qayta ulang.
Shuni yodda tutingki, 5 GHz ga o‘zgartirishda 5 GHz chastotalar diapazonini qo‘llab-quvvatlamaydigan qurilmalardan qayta ulay olmaysiz.
Printerning Wi-Fi Direct (Oddiy KN) sozlamalarini o‘chirib qo‘ying. Uni o‘chirib qo‘yganda Wi-Fi Direct (Oddiy KN) ulanishida printerga ulangan barcha qurilmalar uziladi.
Barcha Wi-Fi Direct (Oddiy KN) sozlamalarini odatdagi qiymatlariga qayta tiklang.
Smart qurilmaning printerga saqlangan Wi-Fi Direct (Oddiy KN) ulanish ma’lumotlari o‘chiriladi.