Vaqtinchalik qora siyoh bilan chop qilish

Rangli siyoh tugab qolgan va qora siyoh esa bor bo‘lgan hollarda qisqa vaqtga faqatgina qora siyohdan foydalanib chop qilishni davom ettirish uchun quyidagi sozlamalardan foydalanishingiz mumkin.

  • Qog‘oz turi: Tekis qog‘oz, Konvert

  • Rang: Kulrang shkala

  • EPSON Status Monitor 3: Yoqilgan (faqatWindows uchun)

Bu xususiyatdan faqatgina taxminan besh kun foydalanish mumkinligi sababli tugab qolgan siyoh ta’minlagichi-ni iloji boricha tezroq almashtiring.

Eslatma:
  • Agar EPSON Status Monitor 3 o‘chirilgan bo‘lsa, printer drayveriga kiring, Kengaytirilgan sozlamalar panelida Texnik xizmat-ni tanlang va keyin EPSON Status Monitor 3 ni yoqish-ni tanlang.

  • Mavjud davr foydalanish sharoitlariga bog‘liq ravishda farq qilishi mumkin.