Agar Epson mahsulotingiz to‘g‘ri ishlamayotgan bo‘lsa va mahsulot qo‘llanmasida berilgan nosozliklarni bartaraf qilish ma’lumotlaridan foydalanib muammoni hal qila olmasangiz, yordam olish uchun Epson-ning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Quyidagi Epson qo‘llab-quvvatlash ro‘yxati sotish mamlakatiga asoslangan. Ayrim mahsulotlar siz hozirda joylashgan joyda sotilmasligi mumkin, shuning uchun o‘zingiz mahsulotingizni sotib olgan hududdagi Epson qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Agar quyida hududingiz uchun Epson-ning qo‘llab-quvvatlash xizmati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, mahsulotni sotib olgan dileringizga murojaat qiling.
Agar siz ularga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etsangiz, Epson-ning qo‘llab-quvvatlash xizmati sizga tezroq yordam berishi mumkin:
Mahsulotning seriya raqami
(Yorliqni yopishtirish joyi mahsulotga bog‘liq bo‘ladi; u orqa tomonda, qopqoqning ochiq joyida yoki tag qismda bo‘lishi mumkin.)
Mahsulot modeli
Mashulot dasturiy ta’minoti versiyasi
(Mahsulot dasturiy ta’minotidagi About, Version Info-ga yoki shunga o‘xshash tugmani cherting.)
Kompyuteringiz markasi va modeli
Kompyuteringizdagi operatsion tizim nomi va versiyasi
Mahsulotingiz bilan odatda foydalanadigan dasturiy ta’minotlarning nomlari va versiyalari
Mahsulotga bog‘liq ravishda tarmoq parametrlarini mahsulot xotirasiga saqlash mumkin. Mahsulotning ishdan chiqishi yoki ta’mirlanishi tufayli parametrlar yo‘qotilishi mumkin. Har qanday ma’lumotlarning yo‘qotilishi, parametrlarni zahiraviy nusxalash yoki qayta tiklash uchun Epson xattoki kafolat muddati davomida ham javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Biz ma’lumotlaringizning zahiraviy nusxasini olish yoki yozib qo‘yishni tavsiya qilamiz.