> Fakslar yuborish > Kompyuterdan faks yuborish > Ilovadan foydalangan holda yaratilgan hujjatlarni jo‘natish (Windows)

Ilovadan foydalangan holda yaratilgan hujjatlarni jo‘natish (Windows)

Microsoft Word yoki Excel kabi ilovalarda Chop etish menyusidagi printer-faks bandini tanlash bilan siz o‘zingiz yaratgan hujjatlar, chizmalar va jadvallar kabi ma’lumotlarni muqovasi bilan birga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jo‘natishingiz mumkin.

Eslatma:

Ushbu tushuntirishda Microsoft Word namuna sifatida olingan. Siz ishlatayotgan ilovaga qarab joriy amaliyotlar farqlanishi mumkin. Batafsil ma’lumot uchun ilovaning yordam bandiga qarang.

  1. Ilovadan foydalangan holda, faks orqali jo‘natish uchun hujjat yarating.

  2. Fayl menyusidan Chop etish tugmasini bosing.

    Ilovaning Chop etish oynasi paydo bo‘ladi.

  3. Printer-dan XXXXX (FAX) bandini tanlang (bu yerda XXXXX — printeringiz nomi) va keyin faks yuborish uchun sozlamalarini tekshiring.

    • Nusxalar soni bandida 1 raqamini ko‘rsating. Agar siz 2 yoki undan ko‘p qiymatni ko‘rsatsangiz, faks to‘g‘ri jo‘natilmaydi.
    • Siz chiqarish portini o‘zgartiradigan Faylga chop etish kabi funksiyalardan foydalana olmaysiz.
    • Bir marta faks yuborishda siz muqovani qo‘shib hisoblaganda 100 tagacha sahifa jo‘natishingiz mumkin.
  4. Agar siz Paper Size, Orientation, Color, Image Quality, yoki Character Density bandlarini ko‘rsatmoqchi bo‘lsangiz Printer xususiyatlari yoki Xususiyatlar ustiga bosing.

    Batafsil ma’lumot uchun PC-FAX drayverlari bo‘yicha yordam bandini ko‘ring.

  5. Chop qilish-ni cherting.

    Eslatma:

    Birinchi marta FAX Utility dan foydalanayotganda displeyda ma’lumotingizni ro‘yxatga olish uchun oyna paydo bo‘ladi. Kerakli ma’lumotlarni kiriting va keyin OK-ni cherting. FAX Utility faks topshiriqlarini ichki boshqarish uchun Nickname-dan foydalanadi. Boshqa ma’lumotlar avtomatik ravishda muqovaga qo‘shiladi.

    Recipient Settings FAX Utility ekrani namoyish qilinadi.

  6. Oluvchini ko‘rsating va Keyingisi tugmasini bosing.

    • PC-FAX Phone Book-dan oluvchini (ism, faks raqami va h.k.) tanlash:
      Agar oluvchi telefon kitobida saqlangan bo‘lsa, quyidagi qadamlarni bajaring.
      PC-FAX Phone Book panelini cherting.
      U ro‘yxatdan oluvchini tanlang va Add tugmasini bosing.
    • Printerdagi kontaktlardan oluvchini (ism, faks raqami va h.k.) tanlash:
      Agar oluvchi printerdagi kontaktlarda saqlangan bo‘lsa, quyidagi qadamlarni bajaring.
      Contacts on Printer panelini cherting.
      Agar printerda administratorga foydalanuvchilarni printerning faks sozlamalarini o‘zgartirishlarini cheklab qo‘yishga imkon beruvchi xavfsizlik funksiyasi mavjud bo‘lsa, davom ettirish uchun administrator parolini kiritish talab qilinishi mumkinligini yodda tuting.
      Ro‘yxatdan kontaktlarni tanlang va Add to Recipient oynasida davom ettirish uchun Add ni cherting.
      Namoyish qilingan ro‘yxatdan oluvchini tanlang va keyin Edit tugmasini cherting.
      Zarur bo‘lgan hollarda Company/Corp. va Title kabi shaxsiy ma’lumotlarni qo‘shing va keyin Add to Recipient oynasiga qaytish uchun OK tugmasini cherting.
      Zarur bo‘lgan hollarda kontaktlarni PC-FAX Phone Book-ga saqlash uchun Register in the PC-FAX Phone Book bayroqchasini tanlang.
      OK-ni cherting.
    • Oluvchini (ism, faks raqami va h.k.) bevosita ko‘rsatish:
      Quyidagi qadamlarni bajaring.
      Manual Dial panelini cherting.
      Kerakli ma’lumotlarni kiriting.
      Add-ni cherting.
      Bundan tashqari Save to Phone Book-ni chertish orqali siz PC-FAX Phone Book paneli ostidagi ro‘yxatda oluvchini saqlashingiz mumkin.
      Eslatma:
      • Agar printeringiz Liniya turi bandi PBX funksiyasiga sozlangan bo‘lsa va kirish kodida aniq prefiks kodi o‘rniga # (panjara) belgisidan foydalanish o‘rnatilgan bo‘lsa, # (panjara) belgisini kiriting. Batafsil ma’lumot uchun quyidagi ma’lumot havolasi bo‘yicha Asosiy sozlamalar bandidagi Liniya turi qatoriga qarang.

      • Agar siz FAX Utility asosiy ekranidagi Optional Settings da Enter fax number twice ni tanlagan bo‘lsangiz, Add yoki Keyingisi tugmasini bosganda ayni raqamni yana kiritishingiz kerak bo‘ladi.

    Oluvchi oynaning yuqori qismida ko‘rsatilgan Recipient List bandiga qo‘shildi.

  7. Muqovada keltirilgan ma’lumotlarni ko‘rsating.

    Muqovani ilova qilish uchun Cover Sheet bandidagi namunalardan birini tanlang. Subject va Message-ni kiriting. Asl muqova yaratish yoki ro‘yxatga asl muqovani qo‘shish uchun biror funksiya yo‘qligini yodda tuting.

    Agar muqovani ilova qilishni xohlamasangiz, Cover Sheet bandidan No cover sheet parametrini tanlang.

    Agar siz muqovadagi bandlar tartibini o‘zgartiqmoqchi bo‘lsangiz, Cover Sheet Formatting ustiga bosing. Muqova o‘lchamini Paper Size bandida tanlashingiz mumkin. Shuningdek, siz jo‘natiladigan hujjat uchun muqovani boshqa o‘lchamda tanlashingiz mumkin.

    Agar muqovada foydalanilgan matn shriftini o‘zgartiqmoqchi bo‘lsangiz, Font ustiga bosing.

    Agar jo‘natuvchi ma’lumotlarini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, Sender Settings ustiga bosing.

    Agar muqovani predmet va kiritgan xabaringiz bo‘yicha tekshirmoqchi bo‘lsangiz Detailed Preview tugmasini bosing.

    Keyingisi-ni cherting.

  8. Jo‘natilayotgan ma’lumot tarkibini tekshiring va Send ustiga bosing.

    Faksni jo‘natishdan oldin oluvchining ismi va faks raqami to‘g‘ri ekaniga ishonch hosil qiling. Muqova va jo‘natiladigan hujjatga nazar solish uchun Preview ustiga bosing.

    Jo‘natish jarayoni boshlanishi zahoti ekranda jo‘natish jarayonini ko‘rsatuvchi oyna paydo bo‘ladi.

    Eslatma:
    • Jo‘natishni to‘xtatish uchun ma’lumotni tanlang va Bekor qilish tugmasini bosing. Printerning boshqaruv panelidan foydalangan holda ham u jarayonni bekor qilishingiz mumkin.

    • Agar jo‘natish paytida xatolik yuzaga kelsa Communication error oynasi paydo bo‘ladi. Xatolik haqidagi ma’lumotni tekshiring va qayta jo‘nating.

    • Agar FAX Utility-da Optional Settings ekranidagi Display Fax Status Monitor During Transmission tanlanmagan bo‘lsa, Fax Status Monitor ekrani (yuqorida ta’kidlangan, jo‘natish jarayoni holatini tekshirishingiz mumkin bo‘lgan ekran) ko‘rinmaydi.