Vertikal chiziqlar notekis bo‘lsa, rasmlar xira bo‘lsa, gorizontal yo‘l-yo‘l tushsa, bosma sifatini rostlang. Agar qog‘ozga ko‘ra chop qilish sifatini sozlamoqchi bo‘lsangiz, avval bu sozlashni bajaring. Agar qog‘ozga ko‘ra sozlashni bajargandan keyin bu sozlashni bajarsangiz, qog‘ozga ko‘ra o‘rnatish qiymati qayta o‘rnatiladi.
Printerga A4 o‘lchamdagi oddiy qog‘ozni yuklang.
Printerning boshqaruv panelidagi Qarov tugmasini tanlang.
Bosma sifatini o‘zgartirish-ni tanlang.
Bosma sifatini yaxshilash maqsadida printerni tekshirish uchun ekrandagi yo‘l-yo‘riqlarga amal qiling.
Chop etish kallagini tozalash tavsiya etilishi haqida xabar ko‘rsatilsa, chop etish kallagini tozalang.
Chop etish kallagini tekislash namunalarini chop etish uchun ekrandagi yo‘l-yo‘riqlarga amal qiling, keyin kallakni tekislang.


