Fakslar printer tomonidan qabul qilinishi va printerga ulangan kompyuterga PDF formatida saqlanishi mumkin. Sozlamalarni o‘rnatish uchun FAX Utility (ilova) ni o‘rnating.
FAX Utility ni ishlatish bo‘yicha ma’lumotlar olish uchun FAX Utility yordamidagi Basic Operations ga qarang (asosiy oynada ko‘rsatiladi). Agar siz sozlamalarni o‘rnatayotgan vaqtda kompyuter ekranida parolni kiritish ekrani namoyish qilinsa, parolni kiriting. Agar parolni bilmasangiz, ma’murngiziga murojaat qiling.
Bu funksiyadan foydalanishdan oldin FAX Utility oʻrnatilgani va FAX Utility sozlamalarining sozlanganini tekshiring.
Faks operatsiyalarini sozlash va fakslar yuborish uchun ilova (FAX Utility)
Agar FAX Utility o‘rnatilmagan bo‘lsa, EPSON Software Updater dan foydalangan holda FAX Utility-ni o‘rnating (dasturiy ta’minotni yangilash uchun ilova).
EPSON Software Updater FY19 Dasturiy ta’minot va mikrodasturni yangilash uchun ilova (Epson Software Updater)
Fakslarni kompyuterda olish uchun printer boshqaruv panelidagi Qabul qilish rejimi Avtomatik-ga o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Printer boshqaruv panelida sozlamalarni sozlash uchun Sozlamalar > Faks sozlamalari > Asosiy sozlamalar > Qabul qilish rejimi ruknini tanlang.
Fakslarni olishga o‘rnatilgan kompyuter doimo yoniq bo‘lishi kerak. Olingan hujjatlar kompyuterga saqlanishidan oldin printerning xotirasida vaqtinchalik saqlanadi. Agar kompyuterni o‘chirib qo‘ysangiz, printer xotirasi to‘lib qolishi mumkin, chunki u hujjarlarni kompyuterga yubora olmaydi.
Olingan faks printer xotirasiga vaqtinchalik saqlanganida
chirog‘i yonadi.
Olingan fakslarni o‘qish uchun Adobe Reader kabi PDF fayllarini ko‘rish ilovasini kompyuterga o‘rnatishingiz kerak.