Chop qilish kallagini tekislash

Agar vertikal chiziqlarning tekislanmaganligini yoki chaplangan tasvirlarni payqasangiz, chop qilish kallagini tekislang.

  1. Printerning boshqaruv panelidagi Qarov tugmasini tanlang.

    Elementni tanlash uchun tugmalardan foydalaning va keyin OK tugmasini bosing.

  2. Kallakni rostlash-ni tanlang.

  3. Tekislash menyularidan birini tanlang.

    • Vertikal chiziqlar tekis ko‘rinmayapti yoki chop qilish materiallari chaplanagan: Vertikal tenglashtirish bandni tanlang.
    • Gorizontal polosalar muntazam oraliqlar bilan paydo bo‘layapti: Gorizontal tenglashtirish bandini tanlang.
  4. Ekrandagi ko‘rsatmalarni bajaring.