Fakslarni qabul qilib bo‘lmayapti

Quyidagi sabablarni ko‘rib chiqish mumkin.

Tashqi telefon qurilmasi printerga ulanganida Qabul qilish rejimi Qo'lda-ga sozlangan.

Yechimlar

Tashqi telefon qurilmasi printerga ulangan va printerga telefon liniyasini ulashayotgan boʻlsa, Sozlamalar > Faks sozlamalari > Asosiy sozlamalar ruknini tanlang va keyin Qabul qilish rejimi bandini Avtomatik qilib belgilang.

Qabul qilingan fakslarni saqlaydigan kompyuter yoqilmagan.

Yechimlar

Qabul qilingan fakslarni kompyuterga saqlashni sozlaganingizda kompyuterni yoqing. Qabul qilingan faks kompyuterga saqlanishi bilan oʻchiriladi.

Joʻnatuvchi sarlavha axborotisiz faks joʻnatgan.

Yechimlar

Yuboruvchidan faks apparatida sarlavha sozlangan yoki sozlanmaganini so‘rang. Yoki Sozlamalar > Faks sozlamalari > Asosiy sozlamalar > Faksni rad etish > Faksni rad etish ruknida Sarlavha bo‘sh funksiyasini faolsizlantiring. Sozlama yoqilganda sarlavha axboroti boʻlmagan fakslar bloklanadi.

Joʻnatuvchining faks raqami aloqa qaydlari ro‘yxatida roʻyxatga olinganini tekshiring.

Yechimlar

Joʻnatuvchining faks raqamini aloqa qaydlari roʻyxatiga qoʻshing. Yoki Sozlamalar > Faks sozlamalari > Asosiy sozlamalar > Faksni rad etish > Faksni rad etish ruknida Notanish raqam bandini faolsizlantiring. Bu roʻyxatga kiritilmagan raqamlardan joʻnatilgan fakslar bloklanadi.

Joʻnatuvchining faks raqami Rad etilgan raqamlar-da qayd qilinganini tekshiring.

Yechimlar

Oʻchirishdan oldin joʻnatuvchining raqamini Rad etilgan raqamlar-dan oʻchirish mumkinligiga ishonch hosil qiling. Uni Sozlamalar > Faks sozlamalari > Asosiy sozlamalar > Faksni rad etish > Bloklangan raqamlar ro‘yxatini tahrirlash ruknidan oʻchiring. Yoki Sozlamalar > Faks sozlamalari > Asosiy sozlamalar > Faksni rad etish > Faksni rad etish ruknida Rad etilgan raqamlar bandini faolsizlantiring. Ushbu sozlama yoqilganda, bu roʻyxatga kiritilmagan raqamlardan joʻnatilgan fakslar bloklanadi.

Qoʻngʻiroqni boshqa raqamga yoʻnaltirish funksiyasiga obuna boʻlish.

Yechimlar

Agar siz qo‘ng‘iroqlarni yo‘naltirish xizmatiga obuna bo‘lgan bo‘lsangiz, printer fakslarni qabul qilishi mumkin. Xizmat provayderiga murojaat qiling.