ShTS telefon tizimi uchun parametrlarni o‘rnatish

Telefon raqami kengaytmalaridan foydalanuvchi va tashqaridagi liniyaga chiqish uchun 0 va 9 kabi tashqi kirish kodlarini talab qiluvchi ofislarda printerdan foydalanganda quyidagi parametrlarni o‘rnating.

  1. Printerning boshqaruv panelidagi Sozlamalar tugmasini tanlang.

    Elementni tanlash uchun tugmalardan foydalaning va keyin OK tugmasini bosing.

  2. Faks sozlamalari > Asosiy sozlamalarni tanlang.

  3. Liniya turini tanlab, keyin PBXni tanlang.

  4. Haqiqiy tashqi kirish kodining o‘rniga # (panjara) belgisidan foydalanib tashqi faks raqamiga faks yuborganda, Kirish kodi sifatida Ishlatilsin bandini tanlang.

    Haqiqiy kirish kodining o‘rniga kiritilgan # beligisi raqam terganda saqlangan kirish kodi bilan almashtiriladi. # dan foydalanish tashqaridagi liniyaga ulanganda ulanish bilan bog‘liq muammolarning oldini olishga yordam beradi.

    Eslatma:

    Siz Kontaktlar-dagi 0 yoki 9 kabi tashqi kirish kodi o‘rnatilgan oluvchilarga fakslar yubora olmaysiz.

    Agar siz 0 yoki 9 kabi tashqi kirish kodidan foydalanib oluvchilarni Kontaktlar-da ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lsangiz, Kirish kodi-ni Ishlatilmasin-ga o‘rnating. Aks holda kodni Kontaktlar-da # ga o‘zgartirishingiz kerak.

  5. Telefon tizimingiz uchun foydalaniluvchi tashqi kirish kodini kiriting va keyin OK tugmasini bosing.

  6. Sozlamalarni tatbiq etish uchun OK tugmasini bosing.

    Kirish kodi printerda saqlanadi.