Bosh ekranni sozlash

Ishlatish ko‘rsatmalari yoki muammolarning yechimlarini ko‘zdan kechirishingiz mumkin.

Tarmoq ulanishi holatini ko‘rsatadi. Ko‘proq ma’lumotlar olish uchun quyidagilarga qarang.

Tarmoq belgisi bo‘yicha yo‘riqnoma

Qurilma ovozi sozlamalari ekranini koʻrsatadi. Ovozsiz qilish va Sokin rejimni qo‘yish mumkin. Bu ekrandan Tovushlar menyusiga ham kirish mumkin. Shuningdek, ushbu sozlashni Sozlamalar menuysida bajarishingiz mumkin.

Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Asosiy sozlamalar > Tovushlar

Printerda Sokin rejim qo‘yilgan-qo‘yilmaganini ko‘rsatadi. Bu xususiyat yoqilsa, printer ishlashidagi shovqin kamayadi, ammo chop etish sekinlashishi mumkin. Ammo tanlangan qog‘oz turi va bosma sifatiga bog‘liq ravishda shovqin kamaymasligi mumkin.

Printerda Ovozsiz qilish qo‘yilganini ko‘rsatadi.

Uyqu rejimiga kirish uchun tasvirchani tanlang. Tasvircha so‘ngan bo‘lsa, printer uyqu rejimiga kira olmaydi.

Foydalanuvchini cheklash xususiyati yoqilganini ko‘rsatadi. Printerga kirish uchun shu tasvirchani tanlang. Foydalanuvchi nomini tanlab, parol kiritish kerak bo‘ladi. Kirish ma’lumoti uchun printer ma’muriga murojaat qiling.

ko‘rsatilganda, kirish huquqiga ega foydalanuvchi tizimga kirdi. Chiqish uchun belgini tanlang.

Har bir menyuni namoyish qiladi.

  • Nusxalash

    Hujjatlar nusxasini olishga imkon beradi.

  • Skaner

    Hujjatlarni skanerlash va ularni kompyuter yoki xotira qurilmasiga saqlashga imkon beradi.

  • Andozalar

    Nusxalash yoki faks orqali yuborish uchun tez-tez ishlatiladigan sozlamalarni oldindan o‘rnatilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishingizga imkon beradi.

  • Xotira qurilmasi

    Printerga ulangan USB flesh-disk kabi xotira qurilmasida JPEG, TIFF yoki PDF ma’lumotlarini chop etishga imkon beradi.

  • Maxfiy vazifa

    Printer drayveridan yuborilgan parol bilan himoyalangan ishni chop etishga imkon beradi.

  • Qarov

    Chop qilingan materiallar sifatini yaxshilash, jumladan uchlikni tekshirish namunasini chop qilish va kallakni tozalashni bajarish orqali tiqilib qolgan uchliklarni tozalash va chop qilish kallagini tenglashtirish orqali chop qilingan materiallarning chaplanishi yoki polosalarni yo‘qotish uchun tavsiya qilingan menyularni ko‘rsatadi.

  • Sozlamalar

    Texnik xizmat ko‘rsatish, printerni o‘rnatish va ishlarni bajarish bilan bog‘liq sozlamalarni amalga oshirishga imkon beradi.

Ish/Holat

Davom etayotgan ishlarni ko‘rsatadi. Ishlarning turi, yetib kelish vaqti, foydalanuvchi nomlari kabilarni ro‘yxat sifatida namoyish qilish uchun bosing. Ko‘rsatilgan raqam oldida turgan ishlarning sonini ko‘rsatadi.

Ekranni o‘ngga siljitadi.