Ko‘proq tanlamalar Paneli

Chop qilish andozalari:

Tayyorlarni qo‘shish/olib tashlash:

O‘zingizning tez-tez foydalaniluvchi chop qilish sozlamalari uchun avvaldan o‘rnatgan qiymatlaringizni qo‘shishingiz yoki olib tashlashingiz mumkin. Ro‘yxatdan o‘zingiz foydalanmoqchi bo‘lgan avvaldan o‘rnatilgan sozlama qiymatini tanlang.

Hujjat o‘lchami:

O‘zingiz chop qilmoqchi bo‘lgan qog‘oz o‘lchamini tanlang.

Natijaviy qog‘oz:

O‘zingiz chop qilmoqchi bo‘lgan qog‘oz o‘lchamini tanlang. Agar Hujjat o‘lchami Natijaviy qog‘oz bandidan farq qilsa, Hujjatni katta/kichraytirish bandi avtomatik tarzda tanlanadi. Hujjat o‘lchamini kamaytirmay yoki kattalashtirmay chop qilayotganda buni tanlashingiz shart emas.

Hujjatni katta/kichraytirish:

Hujjat o‘lchamini kamaytirish yoki kattalashtirishga imkon beradi.

Sahifaga moslashtirish:

Natijaviy qog‘oz-da tanlangan qog‘oz o‘lchamiga moslashtirish uchun hujjatni avtomatik ravishda kichraytiring yoki kattalashtiring.

Miqyos:

Ma’lum foiz bilan chop qiladi.

Markaz:

Rasmlarni qog‘ozning markaziga chop qiladi.

Rangni to‘g‘rilash:
Avtomatik:

Rasmlarning tusini avtomatik ravishda sozlaydi.

Noodatiy:

Rasmlarning ranglarini avtomatik ravishda sozlaydi. Qo‘shimcha-ni chertish Rangni moslashtirish ekranini ochadi va bu ekranda rangni moslashtirishning batafsil usulini tanlashingiz mumkin. Rangli universal bosma, Qizil ko‘zni tuzat-ni yoqish uchun Tasvir tanlamalari cherting, va ingichka chiziqlar uchun chop qilishni o‘tkirlashtiring.

Suv belgisi xususiyatlari:

Nusxa ko‘chirishga qarshi belgilar, suv belgilari yoki yuqori kolontitul va quyi kolontitullar uchun sozlamalarni o‘rnatishga imkon beradi.

Qo‘shish/O‘chirish:

O‘zingiz foydalanmoqchi bo‘lgan nusxa ko‘chirishga qarshi namunalar yoki suv belgilarini qo‘shish yoki olib tashlashga imkon beradi.

Sozlamalar:

Nusxa ko‘chirishga qarshi namunalar yoki suv belgilari uchun chop qilish usulini o‘rnatishga imkon beradi.

Sarlavha/Taglavha:

Yuqori yoki quyi kolontitullarda foydalanuvchi nomi va chop qilish sanasi kabi ma’lumotlarni chop qilish mumkin.

Qo‘shimcha sozlamalar:
180° ga aylantirish:

Chop etishdan oldin sahifalarni 180 darajaga aylantiradi. Konvertlar kabi printerda ma’lum belgilangan yo‘nalishda kiritiladigan qog‘ozlarni chop qilishda bu bandnbi tanlang.

Ikki yo‘nalishda chop qilish:

Chop qilish kallagi har ikkala yo‘nalishda harakatlanganda chop qiladi. Chop qilish tezligi tezroq, biroq sifati pasayishi mumkin.

Rasmni akslantirish:

Tasvirni u huddi ko‘zguda ko‘ringani kabi chop qilinishi uchun aylantiradi.

Sozlamalarni ko‘rsatish/Parametrlarni yashirish:

Hozirda Asosiy va Ko‘proq tanlamalar panellarida o‘rnatilgan elementlar ro‘yxatini namoyish qiladi. Joriy sozlamalar ro‘yxati ekranini ko‘rsatish yoki yashirishingiz mumkin.

Parametrlarni asliga qaytarish:

Barcha sozlamalarni ularning zavoddagi sukut bo‘yicha qiymatlariga qaytaradi. Asosiy panelidagi sozlamalar ham o‘zlarining sukut bo‘yicha qiymatlariga qayta o‘rnatiladi.