Toza shtrix-kodlarini chop qilish

Siz shtrix-kodlarini toza holda chop qilishingiz va uni skanerlashni osonlashtirishingiz mumkin. Bu xususiyatni faqatgina o‘zingiz chop qilgan shtrix-kodni skanerlab bo‘lmaganda yoqing.

Bu xususiyatdan quyidagi hollarda foydalanishingiz mumkin.

  • Qog‘oz turi: oddiy qog‘oz, nusxalash qogʻozi, firma blankii, mat qogʻoz, Epson Photo Quality Ink Jet yoki konvert

  • Sifat: Standart, Standart-ravshan

Eslatma:

Chop qilganda chop qilish sifati o‘zgarishi mumkin. Chop qilish tezligi sekinlashishi va chop qilish zichligi balandroq bo‘lishi mumkin.

  1. Printerga qog‘oz soling.

    Qog‘oz Kassetasiga qog‘oz solish

    Qogʻozni qogʻoz lotokiga yuklash

  2. O‘zingiz chop qilmoqchi bo‘lgan faylni oching.

  3. Fayl menyusidan Chop qilish yoki Chop qilishni o‘rnatish-ni tanlang.

  4. Printerni tanlang.

  5. Printer drayveri oynasiga kirish uchun Afzalliklar yoki Xususiyatlar-ni tanlang.

  6. Kengaytirilgan sozlamalar oynasidagi Texnik xizmat tugmasini bosib, keyin Shtrix-kod rejimi bandini tanlang.

  7. Zarur hollarda Asosiy va Ko‘proq tanlamalar panellaridagi boshqa parametrlarni o‘rnating va keyin OK-ni cherting.

    Asosiy Paneli

    Ko‘proq tanlamalar Paneli

  8. Chop qilish-ni cherting.

    Eslatma:

    Holatlarga bog‘liq ravishda har doim ham susaytirib bo‘lmasligi mumkin.