Chop qilish rangini sozlash

Chop qilishda foydalaniladigan ranglarni sozlash mumkin. Ushu sozlashlar asl ma’lumotlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

PhotoEnhance asl tasvir ma’lumotlaridagi kontrast, to‘yinganlik va ravshanlikni avtomatik sozlash orqali tiniqroq tasvirlar hamda yorqinroq ranglar hosil qiladi.

Eslatma:

PhotoEnhance buyumning joylashgan joyini tahlil qilish orqali rangni sozlaydi. Shuning uchun agar tasvirni kichraytirish, kattalashtirish, qirqish yoki aylantirish orqali buyumning joylashgan joyi o‘zgartirilgan bo‘lsa, rang kutilmagan tarzda o‘zgarishi mumkin. Chegarasiz parametrni tanlash ham buyum joylashgan joyni o‘zgartiradi va bu rangdagi o‘zgarishlarga olib keladi. Agar tasvir fokusdan tashqarida bo‘lsa, tus notabiiy bo‘lishi mumkin. Agar rang o‘zgargan yoki notabiiy bo‘lsa, PhotoEnhance rejimidan boshqa rejimda chop qiling.

  1. Printerga qog‘oz soling.

    Qog‘oz Kassetasiga qog‘oz solish

    Qogʻozni qogʻoz lotokiga yuklash

  2. O‘zingiz chop qilmoqchi bo‘lgan faylni oching.

  3. Fayl menyusidan Chop qilish yoki Chop qilishni o‘rnatish-ni tanlang.

  4. Printerni tanlang.

  5. Printer drayveri oynasiga kirish uchun Afzalliklar yoki Xususiyatlar-ni tanlang.

  6. Rangni to‘g‘rilash panelidagi Ko‘proq tanlamalar parametridan ranglarni tuzatish usulini tanlang.

    • Avtomatik Bu sozlama tusni qog‘oz turi va chop qilish sifati parametrlariga muvofiq tarzda sozlaydi.
    • Agar Noodatiy patametrini tanlansangiz va Qo‘shimcha tugmasini bossangiz, siz o‘z parametrlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin.
  7. Zarur hollarda Asosiy va Ko‘proq tanlamalar panellaridagi boshqa parametrlarni o‘rnating va keyin OK-ni cherting.

    Asosiy Paneli

    Ko‘proq tanlamalar Paneli

  8. Chop qilish-ni cherting.