Wi-Fi Direct (Oddiy KN) ulanishini uzish

Wi-Fi Direct (Oddiy KN) ulanishini faolsizlantirishning ikki usuli mavjud; printer boshqaruv panelidan foydalanib barcha ulanishlarni faolsizlantirishingiz yoki kompyuter yoki smart qurilmadan har bir ulanishni faolsizlantirishingiz mumkin. Bu bo‘limda barcha ulanishlarni qanday faolsizlantirish tushintiriladi.

Muhim:

Wi-Fi Direct (Oddiy KN) ulanishi o‘chirib qo‘yilganda Wi-Fi Direct (Oddiy KN) ulanishi orqali printerga ulangan barcha kompyuterlar va smart qurilmalar uziladi.

Eslatma:

Agar siz aniq bir qurilmani uzmoqchi bo‘lsangiz, printerning o‘rniga qurilmaning o‘zidan uzing. Wi-Fi Direct (Oddiy KN) ulanishini qurilmadan uzib qo‘yish uchun quyidagi usullardan biridan foydalaning.

  • Printer tarmoq nomiga (SSID) bo‘lgan Wi-Fi ulanishni uzing.

  • Boshqa tarmoq nomiga (SSID) ulang.

  1. Bosh ekranda tugmasiga tegining.

  2. Wi-Fi Direct-ni tanlang.

    Wi-Fi Direct ma’lumoti ko‘rsatiladi.

  3. Sozlashni boshlash tugmasini bosing.

  4. O'zgartir tugmasini bosing.

  5. Wi-Fi Direct funksiyasini o‘chirish-ni tanlang.

  6. Sozlamalarni faolsizlashtirish-ga teging.

  7. Yakunlash to‘g‘risidagi xabar paydo bo‘lganida ekranni yoping.

    Ma’lum vaqtdan keyin ekran avtomatik ravishda yopiladi.

  8. Tarmoq aloqasi sozlamalari ekranini yoping.