Chop etish sozlamalari

Bu menyuni quyidagi printer boshqaruv panelidan topishingiz mumkin.

Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Faks sozlamalari > Qabul sozlamalari > Chop etish sozlamalari

Avtomatik qisqartirish:

Katta o‘lchamli hujjatlar bilan olingan fakslarni qog‘oz manbasidagi qog‘ozga mos bo‘lishi uchun kamaytirilgan holda chop qiladi. Olingan ma’lumotlarga bog‘liq ravishda har doim ham kcihiklashtirib bo‘lmasligi mumkin. Agar bu o‘chirib qo‘yilsa, katta hujjatlar bir necha sahifaga asl o‘lchamida chop qilinadi yoki ikkinchi bo‘sh sahida chiqarib yuborilishi mumkin.

Sahifani bo‘lish sozlamalari:

Qabul qilingan hujjatning o‘lchami printerga solingan qog‘ozning o‘lchamidan kattaroq bo‘lgan hollarda olingan fakslarni sahifalarga bo‘lgan holda chop qiladi.

Avtomatik aylantirish:

Ular A4 (Letter, B5, yoki A5) o‘lchamidagi qog‘ozga chop qilinishi uchun olingan fakslarni peyzaj orientatsiyasidagi A4 (Letter, B5, yoki A5) o‘lchamli hujjatlar kabi aylantiradi. Bu sozlama fakslarni chop qilishda foydalaniladigan kamida bitta qog‘oz manbasi uchun qog‘oz o‘lchami A4 (B5, A5, yoki Letter) ga o‘rnatilganida qo‘llaniladi.

O‘chni tanlash orqali, portret orientatsiyasidagi A3 oʻlchamli (Tabloid, B4, yoki A4)hujjatlar bilan eni bir xil boʻlgan peyzaj orientatsiyasidagi A4 (Letter, B5, yoki A5) oʻlchamda qabul qilingan fakslar A3 (Tabloid, B4, yoki A4) oʻlchamli fakslar deb taxmin qilinadi va shunday chop etiladi.

Quyidagi menyulardagi Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Printer sozlamalari > Qog'oz manbasi sozlamalari da fakslarni chop qilish uchun qog‘oz manbasi va qog‘oz manbalari uchun qog‘oz o‘lchamini tekshiring.

  • Avto tanlash sozlamalari

  • Qog‘oz > Qog'oz o'lchami

Qabul qilish axborotini qo‘shish:

Yuboruvchi sarlavha axborotini kiritmasa ham, olingan faksda qabul qilish axborotini chop etadi. Qabul qilish ma’lumoti faks olingan sana va vaqt, yuboruvchi ID’si, sahifa raqamini (“P1” kabi) o‘z ichiga oladi. Sahifani bo‘lish sozlamalari yoqilgan bo‘lsa, bo‘laklangan sahifa raqami ham qo‘shiladi.

2 tomonlama:

Olingan hujjatlarning sahifalarini qog‘ozning har ikkala tomoniga chop etadi.

Chop etishni boshlash vaqti:

Olinadigan fakslarni chop etishni boshlash sozlamalarini tanlang.

  • Barcha sahifalar qabul qilindi: Barcha sahifalar qabul qilingandan keyin chop qilish boshlanadi. Chop qilishni birinchi sahifadan yoki oxirgi sahifadan boshlash To'g'ri taxlash xususiyatining o‘rnatilishiga bog‘liq bo‘ladi. To'g'ri taxlash uchun tushintirishga qarang.

  • Birinchi sahifa qabul qilindi: Birinchi sahifa olinganidayoq chop etishni boshlaydi, keyin sahifalarni olinishi tartibida chop etadi. Boshqa vazifa bajarilayotgani tufayli printer chop etishni boshlay olmasa, bo‘shaganidan so‘ng sahifalar yoppasiga chop etila boshlaydi.

To'g'ri taxlash:

Birinchi sahifa oxirida chop qilinganligi uchun (chiqarish tepasiga) chop qilingan hujjatlar to‘g‘ri sahifa tartibida taxlanadi. Printer xotirasida joy kam bo‘lgan holda ishlayotganda bu funsksiyadan foydalanib bo‘lmasligi mumkin.

Chop etishni to'xtatish oralig'i:
Chop etishni to'xtatish oralig'i

Ko‘rsatilgan vaqt davri mobaynida printer olingan hujjatlarni chop qilmasdan, printer xotirasiga saqlaydi. Bu funksiyadan tunda shovqinning oldini olish yoki siz uzoqda bo‘lgan vaqtda sir tutilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarning oshkor qilinishining oldini olish uchun foydalaniladi. Bu xususiyatni ishlatishdan oldin xotirada joy yetarli ekaniga ishonch hosil qiling.

To‘xtash vaqti

Hujjatlarni chop qilishni to‘xtatadi.

O‘chib yonish vaqti

Hijjatlarni chop qilishni avtomatik tarzda qaytadan boshlaydi.

Sokin rejim:

Fakslarni chop etishda printer shovqinini kamaytiradi, ammo chop etish sekinlashishi mumkin.